23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

“Bu yil bizning yilimiz bo‘ladi” — “Barselona” prezidenti Laporta | Daryo

Sport 23.11.2026 13:25 3Daryo
“Bu yil bizning yilimiz bo‘ladi” — “Barselona” prezidenti Laporta | Daryo

“Barselona” prezidenti Joan Laporta joriy mavsum Kataloniya klubi uchun muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonch bildirdi. U bu haqda Nyu Yorkka qilgan safari chog‘ida aytib o‘tdi.

“Bu yil ‘Barselona’ning yili bo‘lishi kerak. Murabbiy, uning xodimlari va fizioterapevtlar buni tushunishadi. Lekin eng muhimi, jamoa, futbolchilarning o‘zi buni sezib turibdi. Biz har yili tarkibimizni kuchaytirib kelmoqdamiz. Bu mavsumda ijaradagi bir qator futbolchilar tarkibimizga qaytdi. Ular raqobatni oshirishadi. Bizda ikki yoki uchta pozitsiyada o‘ynay oladigan futbolchilar bor. Biz hozir asosiy maqsadimiz sari dadil ketyapmiz”, deb Laportaning so‘zlarini keltirdi Mundo Deportivo nashri.

“Barselona” klubi bu mavsumda La liga bahslarida 13 ta o‘yinda 36 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining birinchi pog‘onasida bormoqda. Klub 12 ta o‘yinda g‘alaba qozongan va bitta bahsda — “Real Madrid”ga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lgan.

O‘xshash yangiliklar