23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

O‘zLiDeP islohotlarda faqat tadbirkorlar bilan cheklanib qolmayapti — nega?

Siyosat 23.11.2026 14:21 4Anhor
O‘zLiDeP islohotlarda faqat tadbirkorlar bilan cheklanib qolmayapti — nega?

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressiga tayyorgarlik doirasida yangi Siyosiy dastur loyihasini muhokama qilmoqda. Partiya dasturiga tadbirkorlar bilan bir qatorda fermerlar, ziyolilar, ta’lim va tibbiyot xodimlari, yoshlar hamda boshqa soha vakillarining takliflarini kiritishni rejalashtirgan.

Partiyaning boshlang‘ich tashkilotlaridagi yig‘ilishlardan keyin 23–24-noyabr kunlari tuman va shaharlarda, 25-noyabr kuni esa viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida konferensiyalar o‘tkazilishi belgilangan.

Konferensiya ishtirokchilariga hujjatlar ko'rsatayotgan uchta professional
Foto: Anhor.uz

Partiya ma’lumotiga ko‘ra, yangi Siyosiy dastur loyihasida iqtisodiy islohotlar va xususiy mulk imkoniyatlarini kengaytirish bilan birga, turli ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini ham aks ettirishga e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, fermerlar, madaniyat va sport sohasi vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, yoshlar va xotin-qizlarning takliflari ko‘rib chiqilmoqda.

Bildirilishicha, yig‘ilishlarda ilgari surilgan takliflarni amaliy tashabbuslarga aylantirish, hududlardagi muammolarni deputatlik guruhlari orqali hal etish va partiya faoliyatini aholi ehtiyojlariga yaqinlashtirish ko‘zda tutilgan.

25-noyabr kuni hududiy konferensiyalar yakunlangach, partiyaning navbatdagi Kongressiga tayyorgarlikning keyingi bosqichlari davom ettiriladi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi yig‘ilishida Davlat byudjeti hamda davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2025-yildagi ijrosining muhokama jarayonida olis hududlarda hali ham maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etilmagani aytilgan edi.

Deputat: Olis hududlarda bog‘cha tashkil yetishga ajratilgan mablag‘lar qayerga ketgan?Deputat: Olis hududlarda bog‘cha tashkil yetishga ajratilgan mablag‘lar qayerga ketgan?

O‘xshash yangiliklar