23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

“Bunday himoya bilan Premyer ligadan tushib ketishi aniq” — Gari Nevill “MYu” haqida | Daryo

Sport 23.11.2026 14:39 0Daryo
“Bunday himoya bilan Premyer ligadan tushib ketishi aniq” — Gari Nevill “MYu” haqida | Daryo

“Manchester Yunayted” va Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Gari Nevill Angliya Premyer ligasining 11-turida “Liverpul”ga qarshi 4:0 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng “qizil iblislar”ning himoyasi haqida gapirdi.

“Bir necha hafta oldin, “Fulhem”ga qarshi o‘yinda, men bu hayotimda ko‘rgan eng yomon 30-40 daqiqa ekanligini aytgan edim. Ko‘pchilik men buni oshirib yuborgan bo‘lishim mumkin deb o‘ylagandi, lekin haqiqat shundaki, “Manchester Yunayted” so‘nggi yillardagi eng yomon holatida. Ular Yevropadagi eng yomon himoyaga ega, jamoa hech qachon mavsumni bunchalik yomon boshlamagan.

Men “Liverpul”ga qarshi o‘yinda Garri Maguayrni asosiy tarkibda maydonga tushirgan bo‘lardim. “Manchester Yunayted”ning eng yaxshi to‘rt himoyachisi — bu Shou, Dalot, Maguayr va Martines. Biz bu yigitlarni 3-4 yildan beri kuzatib kelmoqdamiz. Rostini aytsam: bu zaif himoya chizig‘i. Lekin ular “Manchester Yunayted”ning eng yaxshi to'rt himoyachisi.

Agar ushbu to‘rtlik maydonga tushsa, jamoa o‘tgan yili “Siti” va “Arsenal”ga qarshi o‘yinlarda g‘alaba qozongandek muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Hech bo‘lmaganda ular bilan raqobatga kirishsa bo‘ladi. Lekin “Liverpul”ga qarshi maydonga tushgan himoyachilar bilan quyi ligaga tushib ketish aniq. Bu fakt”, deya Nevillning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

“MYu” hozirda APLda 11 ta turdan keyin 8 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalining 19-pog‘onasini egallab turibdi.

O‘xshash yangiliklar