23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Javohir Sindorov Jahon chempionati birinchi partiyasini oq donalarda boshlaydi | Daryo

Sport 23.11.2026 11:15 0Daryo
Javohir Sindorov Jahon chempionati birinchi partiyasini oq donalarda boshlaydi | Daryo

Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tadigan Salesforce FIDE World Championship 2026 doirasida qurʼa tashlash marosimi oʻtkazildi.

Qurʼa natijasiga koʻra, Oʻzbekiston vakili Javohir Sindorov amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi birinchi partiyani oq donalarda oʻtkazadi.

Jahon shaxmat toji uchun bahsning birinchi partiyasi 24-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi. Match jami 14 ta partiyadan iborat bo‘ladi. Birinchi bo‘lib 7,5 ochko to‘plagan shaxmatchi g‘olibga aylanadi. Agar durang natija bo‘lsa, g‘olib tay-brekda aniqlanadi.

Musobaqaning jami mukofot jamg‘armasi 2,5 million dollarni tashkil qiladi.

O‘xshash yangiliklar