O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasida javob uchrashuvi o‘tkazilishi mumkin | Daryo

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) terma jamoalar bo‘limi rahbari Usmon Toshev milliy jamoa Rossiya bilan navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini safarda o‘tkazishi mumkinligini ma’lum qildi.
Mutaxassis Sport24 nashriga bergan intervyusida ikki mamlakat terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar davom ettirilishini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda 20 yoshgacha bo‘lgan ayollar terma jamoalari o‘rtasida ham uchrashuv tashkil etish ustida ish olib borilmoqda.



