23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

O‘zbekistonlik bokschiga Qozog‘iston fuqaroligi berildi | Daryo

Sport 23.11.2026 08:47 0Daryo
O‘zbekistonlik bokschiga Qozog‘iston fuqaroligi berildi | Daryo

Ayni paytda Ilyosov Turkiston viloyatidagi “Almatau” bazasida Qozog‘iston terma jamoasi bilan birga mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Jamoa tez orada Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Jahon Kubogining final bosqichida ishtirok etadi, bokschi esa musobaqaga tayyorgarlik jarayonida terma jamoa a’zolariga ko‘maklashyapti.

Eslatib o‘tamiz, Ilyosov yanvar oyi oxirida Qozog‘iston terma jamoasi safida ringga chiqish uchun ushbu mamlakatga ko‘chib o‘tgan edi. Biroq fuqarolikni rasmiylashtirish ishlari cho‘zilib ketgani sababli Ilyosov noyabr oyida o‘tgan Qozog‘iston chempionatida qatnasha olmadi.

Ma’lumot uchun, Sayat Ilyosov O‘zbekiston terma jamoasi safida 2022-yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida bronza, 2023-yilgi qit’a birinchiligida esa kumush medalni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u 2025-yilda 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi Osiyo chempioni bo‘lgan hamda IBA Jahon chempionatida qatnashgan.

O‘xshash yangiliklar