Pochettino “Manchester Yunayted”ning 100 yillik antirekordini takrorladi | Daryo

Mauritsio Pochettinoning “Manchester Yunayted” bosh murabbiyligidagi debyuti muvaffaqiyatsiz chiqdi. Mankunianliklar “Liverpul”ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Opta Analystʼning ma’lum qilishicha, Pochettino bu natija orqali 1926-yil oktyabr oyida “Bolton”ga qarshi o‘yinda debyutini o‘tkazgan va 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragan Lal Xidichga tenglashdi. Shu tariqa argentinalik mutaxassis “MYU”ning 100 yillik antirekordini takrorladi.
Ushbu o‘yindan so‘ng, "Liverpul" Angliya Premyer ligasi turnir jadvalida 21 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda, "Manchester Yunayted" esa sakkiz ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda.



