“Portugaliyada yana Ronaldu darajasidagi o‘yinchi yetishib chiqmaydi” — Roberto Martines | Daryo

Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli Ronaldu terma jamoadagi debyutini 2003-yil 20-avgust kuni Qozog‘istonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (1:0) o‘tkazgan. O‘shanda 18 yoshli hujumchi tanaffusdan so‘ng maydonga tushgan edi.
Krishtianu Portugaliya terma jamoasi tarkibida jami 234 ta o‘yinda maydonga tushib, 146 ta gol urgan va 45 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U milliy jamoa bilan birga 2016-yilgi Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan hamda ikki bor — 2018/2019 va 2024/2025-yilgi mavsumlarda UEFA Millatlar Ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.



