Rossiyaning talabi, 12 yillik taʼlim va karta tanlaşdagi erkinlik - hafta dayjesti

Ortda qolgan haftaning Özbekiston hayotiga oid asosiy mavzulari – Kun.uz dayjestida.
Rossiya NATO oldiga Markaziy Osiyo böyiça talab qöydi
Rossiya Ukrainadagi uruşni tugatişga doir talablariga yana Markaziy Osiyoni ham kirityapti. Maʼlum bölişiça, Kreml 2021-yilda NATO oldiga qöygan ultimatumining köplab asosiy bandlarini, xususan alyansning Markaziy Osiyo davlatlari bilan harbiy hamkorligini taqiqlaş talabini AQŞ va Ukraina bilan ötgan haftadagi muzokaralarda yana takrorlagan.
New York Times xabariga köra, Abu-Dabidagi muzokaralarda Rossiya tomoni 10-noyabr sanasi qöyilgan hujjatni taqdim etgan. Hujjatda blanka ham, imzo ham yöq – diplomatiyada bunday matn “non-paper” deb ataladi va unda muzokaraçi tomonning pozitsiyasi norasmiy tarzda bayon qilinadi. Hujjatda NATO kengayişdan töxtaşi kerakligi, alyans nafaqat Ukrainada, balki Şarqiy Yevropa, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyoda ham “har qanday harbiy faoliyat”dan voz keçişi lozimligi aytilgan.
Bunday maksimalistik talab – Ukrainaga bosqin boşlanişidan bir neça oy avval, 2021-yil 17-dekabrda Rossiya Taşqi işlar vazirligi eʼlon qilgan NATO bilan kelişuv loyihasida ham bor edi. Loyihaning 7-moddasida ayni şu talab deyarli sözma-söz keltirilgan. Bundan taşqari, 5 yil oldin Moskva ilgari surgan ultimatumlar töplamida AQŞ bilan şartnoma loyihasi ham bölgan, va unda Vaşington NATOga aʼzo bölmagan sobiq ittifoq respublikalarida harbiy baza oçmasligi, ular bilan harbiy hamkorlikni rivojlantirmasligi talab qilingan edi.
Köp bora taʼkidlanganidek, Kremlning bu imperialistik orzulari – öz xavfsizligi uçun bufer zonalar yaratiş ehtiyoji bilan niqoblansa-da, amalda postsovet hududini öz taʼsir doirasida uşlab turiş, mustaqil davlatlar suverenitetini de-fakto inkor qiliş va qulay şart-şaroit yetilişi bilanoq SSSRni u yoki bu körinişda tiklaş ambitsiyalarini aks ettiradi. Xayriyatki, Putin bu ambitsiyalari yölidagi ilk qadamlaridan biridayoq özi kutmagan qarşilikka duç keldi va mana beş yildirki, ukrain xalqi öz mustaqilligi uçun qon tökib kuraşiş bilan birga, keyingi navbat boşqalarga kelişining oldini olyapti.
Ğarb Rossiyaning 2021-yildagi talablarini qanday rad etgan bölsa, hozir ham xuddi şunday yöl tutmasligiga jiddiy sabab yöq. “Dunyoning ikkinçi armiyasi” degan yaltiroq yorliqlar allaqaçon tarixga aylangan. Siyosiy tahlilçi Şuhrat Rasulning taʼbiri bilan aytganda, NATO Kremlning eski-yangi talablari bilan hisoblaşişi uçun, rus armiyasi bugun Polşa çegarasida turgan bölişi kerak edi.
“Bunday talabni ilgari suriş uçun Rossiyaning harbiy ustunligi mutlaqo boşqaça bölişi kerak edi. Masalan, uning armiyasi Polşa çegarasigaça yetib borganida, bu talab ortida kuç borligini aytiş mumkin bölardi. Ammo Rossiya qariyb beş yildan beri Ukrainani yenga olmayapti. Şunga qaramay, Moskva hanuz 2021-yil dekabrida ilgari surgan talablarini takrorlamoqda”, – deydi Şuhrat Rasul.
Eslatib ötamiz, Markaziy Osiyoning beşala davlati ham NATOning “Tinçlik yölida hamkorlik” dasturiga qöşilgan. Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov 1996-yilda NATOning Bryusseldagi ştab-kvartirasiga taşrif buyurgan va alyansning 1999, 2002, 2008-yillardagi sammitlarida iştirok etgan. 2001-yildan 2005-yilgaça Qarşidagi Xonobod aviabazasi, 2014-yilgaça Bişkek yaqinidagi Manas aviabazasida Afğonistondagi missiyaga jalb etilgan amerikalik harbiylar joylaştirilgan. Hozir esa AQŞning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan harbiy hamkorligi asosan terrorizmga qarşi kuraş, çegaralar xavfsizligi va harbiy kadrlarni tayyorlaş kabi çeklangan yönalişlarni öz içiga oladi.
Turkmaniston bilan vizasiz rejim tiklanadimi?
Taşqi xatarlar şaroitida, qöşnilar örtasidagi özaro hamjihatlikni mustahkamlaş bugun har qaçongidan ham dolzarbroq masala. 18-noyabr kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Olimjon Abdullayev Turkmaniston elçisi Şadurdi Meredov bilan uçraşuv ötkazdi. Vazirlik xabariga köra, uçraşuvda vizasiz rejimni tiklaş masalasi ham körib çiqilgan.
Özbekiston va Turkmaniston örtasida 2004-yilda imzolangan bitimga asosan, çegaraoldi hududlar aholisi qöşni respublikada uç sutkagaça vizasiz harakatlanişi tartibi örnatilgan edi. Lekin bu tartib 2013-yilda töxtab qolgan. Çorşanba kungi uçraşuvda turkman elçisi bilan şu tartibni qayta tiklaş imkoniyati muhokama qilindi. Rasmiy Toşkent özaro bordi-keldini erkinlaştirişga tayyorligini körsatayotgan bir paytda, qöşnilarimizning bunga munosabati hozirça maʼlum emas.
Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 2026-yilning 10 oyida Turkmanistondan Özbekistonga 290 ming sayyoh kelgan. Bu – ikki yil oldingi körsatkiçdan 2 barobarga köp, lekin ötgan yilning şu davri bilan taqqoslaganda turkmanistonlik sayyohlar oqimi 19 ming nafarga yoki 6 foizga kamayganini köriş mumkin.
Elçi bilan uçraşuvda Toşkent va Aşxobod şaharlari örtasida 2013-yilda töxtab qolgan muntazam aviaqatnovlarni tiklaş masalasi ham körib çiqilgan. Bu mavzu ötgan yili avgustda prezident Şavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga taşrifi vaqtida ham kötarilgan, taşrif doirasida Özbekiston Transport vazirligi “Turkman havo yöllari” bilan aviatsiya sohasidagi hamkorlik töğrisida bayonnoma imzolagan edi. Öşanda vazir Ilhom Mahkamov “qisqa kunlarda aviaqatnovlarni boşlaşga imkoniyat yaratilayotgani”ni aytgan bölsa-da, ötgan bir yildan köproq vaqt davomida bu yönalişda qanday progressga erişilgani söroq ostida qolmoqda.
Vizasiz rejim masalasi bu hafta Ömon bilan muzokaralardan ham örin oldi. Hozir özbekistonliklar uçun Ömonga borişda 14 kunlik, ömonliklar uçun esa Özbekistonda 30 kunlik vizasiz rejim amal qilyapti. Şavkat Mirziyoyevning Masqatga taşrifi doirasida bu muddatlarni tenglaştiriş, yaʼni Özbekiston vatandoşlari uçun ham Ömonda vizasiz böliş muhlatini 30 kun deb belgilaş töğrisida bitim imzolandi. Bitim qaçondan kuçga kirişi hozirça aniq emas, buning uçun tomonlar zaruriy içki tartib-taomillarni yakunlaşi kerak.
Masqatga taşrif – Özbekiston prezidentining Ömonga 17 yillik tanaffusdan keyingi birinçi taşrifi böldi. Unda prezident Şavkat Mirziyoyev va sulton Haysam bin Toriq Ol Said Özbekiston va Ömon munosabatlarini strategik şeriklik darajasiga kötariş töğrisidagi bitimni imzoladi. Tomonlar örtasida 30 dan ortiq hujjat imzolanib, 5 mlrd dollarlik qöşma loyihalar portfeli şakllantirildi; özaro savdoni 1 mlrd dollarga yetkaziş maqsadida imtiyozli savdo bitimini tayyorlaşga kelişib olindi.
12 yillik taʼlim tizimiga ötiladi
Özbekistonda 12 yillik taʼlim tizimiga ötiş töğrisida qonun qabul qilinyapti. 17-noyabr kuni Qonunçilik palatasi “Taʼlim töğrisida”gi qonunga kiritiladigan özgarişlarni birinçi öqişda maʼqulladi. Hujjat bilan, 6 yoşli bolalarni maktabga bir yillik majburiy tayyorlaş – boğçalardan rasman maktablarga ötkazilyapti. Lekin bu endi bolalar 6 yoşdan maktabga çiqadi degani emas.
Qonun kuçga kirgan taqdirda, xalq orasida “nolinçi sinf” deb ataladigan maktabga tayyorlov – umumiy örta taʼlimning bir yil davom etadigan majburiy dastlabki bosqiçi deb tan olinadi. Amalda esa deyarli barça bolalar 6 yoşda ham boğçaga borişda davom etadi. Qonunçilik palatasi yiğilişida aytilişiça, ularga oliy maʼlumotli pedagoglar yoki oliygohlarning pedagogika yönalişidagi bitiruvçi bosqiç talabalari dars beradi.
Prezident farmoniga binoan, 6 yoşli bolalarni maktabga tayyorlov bilan qamrab oliş 2027-yilda 100 foizga yetkazilişi kerak. Taʼlim vazirligi maʼlumotiga köra, hozir bu körsatkiç 98 foiz. Maktabga bormayotgan 6 yoşlilarning qolgan 2 foizi, yaʼni taxminan 20 ming nafari uçun maktablarda yoki ijtimoiy soha binolarida bepul tayyorlov guruhlari taşkil etilişi közda tutilgan.
Deputatlar savoliga javob bergan vazirlik vakilining sözlariga köra, tayyorlovga borgan bola bilan tayyorlovga bormasdan maktabga çiqqan bolaning saviyasi ikki xil böladi, bu esa sinfdagi boşqa bolalarning ham özlaştirişiga salbiy taʼsir qiladi. “Majburiy qilmasak, qamrovni 100 foizga çiqara olmaymiz”, – dedi Taʼlim vazirligi rasmiysi.
Majlisda deputatlar tomonidan “maktabga tayyorlov” atamasining töğri-notöğriligi, bu bosqiçning bepul deb belgilanişi xususiy boğçalarga qanday taʼsir qilişi, taklif etilayotgan umumiy örta taʼlim andozasi xalqaro standartlarga qançalik mosligi haqida savollar kötarildi. Muhokama yakunida masʼul qömitaga kötarilgan masalalarni ikkinçi öqişgaça örganib çiqiş topşiriği berildi va qonun konseptual jihatdan qabul qilindi.
Hafta davomida taʼlim tizimiga oid yana bir özgariş muhokamasi boşlandi. Taʼlim vazirligi bir neça yil oldin reja qilingan, lekin amalga oşmay qolgan “yagona imtihon” ğoyasini yana kun tartibiga qaytardi. Bu ğoyaga köra, 11-sinf öquvçilaridan olinadigan yakuniy davlat imtihoni natijalari oliygohga kirişda tan olinişi taklif etilyapti. Yaʼni ikkita imtihonni birlaştiriş haqida söz bormoqda. Şuningdek, 9-sinf bitiruvçilaridan olinadigan imtihon akademik litsey yoki texnikumga kirişda inobatga olinişi mumkin.
19-noyabr kuni vazirlik bu taklif yuzasidan jamoatçilik fikrini örganiş uçun anonim sörovnomani eʼlon qildi. Yangi tartibni 2027/28 öquv yili yakunida Toşkent va Navoiy şaharlarida tajriba-sinov tariqasida joriy etiş reja qilingan, bunda sinov natijalari öquvçilarning taʼlim muassasalariga kirişiga taʼsir qilmaydi. 2028/29 öquv yilidan boşlab esa yangi tartibni barça hududlarda joriy etiş közda tutilyapti.
“Yaşil makon”: yangi topşiriqlar va eski xatolar
Özbekistonda maktablar, boğçalar, şifoxonalar va umuman davlatga qaraşli jamiki taʼlim va tibbiyot taşkilotlariga qaraşli boğlarni xususiylaştiriş taqiqlanişi kutilyapti. 11-noyabr kuni imzolangan prezident farmoniga binoan, davlatga tegişli barça taʼlim va tibbiyot taşkilotlari hududida joylaşgan va ularning balansidagi boğlar hamda yer maydonlarini xususiylaştiriş man etilişi kerak. Bu haqdagi qonun loyihasini 2027-yil 20-yanvargaça işlab çiqiş vazifasi qöyildi.
Taʼlim va tibbiyot maskanlaridagi boğlarning sotilib ketişini taqiqlaş – “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi çoralardan biri deb belgilangan. Loyiha doirasida tuman va şahar markazlarida yaşillik kölamini 30 foizga yetkaziş vazifasi ham qöyildi. Lekin bu vazifa ijrosi uçun yakuniy muddat körsatilmagan. Taʼkidlaş kerak, ötgan vaqt davomida köplab şaharlar va tuman markazlarida daraxtlarning ayovsiz kesib taşlangani sabab, endi yaşillikni 30 foizga yetkaziş oson bölmaydi.
“Yaşil makon” loyihasi doirasidagi işlar davlat rahbari huzurida 18-noyabr kuni bölib ötgan yiğilişda ham tanqidiy körib çiqildi. Maʼlum bölişiça, şu yil bahorda ekilgan köçatlarning uçdan bir qismi nobud bölgan. Ayrim joylarda esa aslida ekilmagan köçatlar hisobotlarga “ekildi” deb kiritib yuborilgan. Şavkat Mirziyoyev bu holatlarni keskin tanqid qilib, daraxt ekişda son ortidan quviş emas, köçatlarning tutib ketişi va uzoq yillar davomida ösişini taʼminlaş asosiy mezon bölişi kerakligini aytdi.
Har bir hududning iqlim va tuproq şaroitidan kelib çiqib, suvsizlik, issiqlik va şörlanişga çidamli daraxt turlarini tanlaş, suğoriş tizimlarini yaratiş va köçatlarni doimiy parvarişlaş zarur, dedi prezident. Mutasaddilarga yangi ekiladigan köçatlarning kamida 90-95 foizi tutib ketişini taʼminlaş, avvalgi yillarda barpo etilgan yaşil maydonlarni saqlaş va parvarişlaş böyiça aniq çoralar köriş topşirildi.
Bank tizimidagi uçta yangilik
Xususiy sektorda işlovçilar oylik maoşi qaysi kartaga tuşişini endi özlari belgilaydi. Markaziy bank xabariga köra, yangi işga tuşirilgan tizim dastlabki bosqiçda xususiy sektor uçun joriy etilgan bölib, uning doirasida xodimlar oylik maoşini faqat va faqat iş beruvçining bankida oçilgan kartada oliş majburiyatidan qutulgan. Endi xodim iş haqini özi istagan karta yoki elektron hamyonga tuşirişni sörab, buxgalterga murojaat qilişi mumkin.
Aftidan, buxgalterlarda xodimning sörovini rad etiş uçun arzirli asos deyarli yöq, çunki xodimlarning maoşlarini har xil banklardagi kartalarga taqsimlab çiqiş bilan buxgalter şuğullanmaydi.
Ketma-ketlik quyidagiça: avvaliga xodim öz kartasining rekvizitlarini buxgalteriyaga taqdim etadi, buxgalteriya xodimlarga tölanadigan tölovlar böyiça yagona reyestrni şakllantirib, öziga xizmat körsatuvçi bankka yuboradi, bank esa reyestrni taqsimot markaziga jönatadi. Mablağlarni taqsimlaş markazi maʼlumotlarni tekşirib, tölovlarni xodimlar tanlagan banklar böyiça taqsimlaydi, oxirgi bosqiçda banklar kelib tuşgan pullarni jismoniy şaxsning bank kartasi yoki elektron hamyoniga ötkazadi. Şu tariqa, yangi tizim banklar örtasida mijoz jalb qiliş böyiça raqobatni kuçaytirişini kutiş mumkin.
Bank kartalari böyiça yana bir muhim yangilik – Apple Pay bilan boğliq. 17-noyabrdan boşlab Uzcard va Humo kartalarini ham Apple Pay'ga ulaş imkoniyati paydo böldi. Hozirça bu yangilik faqat Xalq bankining Uzcard va Octobank'ning Humo kartalariga taalluqli. Kelgusida boşqa banklar çiqargan Uzcard va Humo kartalarini ham Apple Pay xizmatiga ulaş imkoniyati banklar va tölov tizimlarining texnik tayyorgarligiga qarab, bosqiçma-bosqiç kengaytirib boriladi.
Markaziy bankning qayd etişiça, Özbekiston – Markaziy Osiyo davlatlari orasida milliy tölov tizimlari kartalarini Apple Pay'ga integratsiya qilgan birinçi mamlakat bölgan. Özbekiston, şuningdek, MDH doirasida milliy tölov tizimlari kartalari Apple Pay orqali amalda qöllab-quvvatlanayotgan yagona davlat bölib turibdi. Eslatib ötamiz, 27-oktabrdan boşlab bir qator özbek banklari çiqargan Visa va Mastercard kartalari ham Apple Pay va Google Pay tizimlarida işlay boşlagan edi.
Markaziy bank eʼlon qilgan yana bir xabar bilan, haftanomamizga yakun yasaymiz. Joriy haftada Özbekistonda yana törtta bankka islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş uçun litsenziya berildi. Markaziy bank boşqaruvining 18-noyabrdagi qarorlari bilan, Ipak Yuli, Asia Alliance, Orient Finans va Hayot Bank'ka islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş huquqi berildi. Ötgan oy oxirida bu yönalişdagi ilk litsenziya Open Bank'ka nasib qilgandi.
Şu tariqa, Özbekistonda islomiy bank litsenziyasini olgan kredit taşkilotlari soni beştaga yetdi. Ular qonunda nazarda tutilgan 6 turdagi islomiy moliya operatsiyalarini amalga oşiriş huquqiga ega. Bu operatsiyalar böyiça pul oqimlari bankning anʼanaviy xizmatlar böyiça pul oqimlaridan alohida yuritilişi talab etiladi.



