23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

“TBC DIGITAL”

Boshqa 23.11.2026 12:53 2Uz24 Uz
“TBC DIGITAL”


“TBC DIGITAL” AJ aksiyadorlari diqqatiga!

“TBC DIGITAL” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda – “Jamiyat”) Kuzatuv kengashining 2026-yil 20-noyabrdagi qaroriga asosan 2026-yil 14-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishini maʼlum qiladi.

KUN TARTIBI:

  1. Jamiyat Kuzatuv kengashi aʼzosini saylash.
  2. Jamiyat korporativ obligatsiyalarini chiqarishning asosiy parametrlarini tasdiqlash hamda bunday obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish va tasdiqlash vakolatlarini Jamiyat Kuzatuv kengashiga oʻtkazish.
  3. Jamiyat Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash.

Joylashuv (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 1-uy.

Elektron pochta manzili: nikoloz.k@tbcbank.uz.   
Yigʻilish oʻtkaziladigan joy: Oʻzbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 1-uy.
Aksiyadorlarni roʻyxatga olish sanasi, vaqti va joyi: 2026-yil 14-dekabr, Toshkent vaqti bilan soat 14:00 dan 15:00 gacha, yigʻilish oʻtkaziladigan joyda.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish va ovoz berish tartibi: Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqi yuridik shaxs boʻlgan aksiyador tomonidan oʻz vakili orqali amalga oshiriladi.
Aksiyador istalgan vaqtda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishidagi oʻz vakilini almashtirishga haqli.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun yuridik shaxs boʻlgan aksiyadorning vakili shaxsini tasdiqlovchi hujjat va tegishli tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etadi.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida kun tartibidagi masalalar boʻyicha ovoz berish ovoz berish byulletenlari orqali amalga oshiriladi.

Boshqa ma’lumotlar:

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabardor qilish uchun aksiyadorlar reyestri 2026-yil 23-noyabrdan kechiktirmay shakllantiriladi.

Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar reyestri 2026-yil 9-dekabr holatiga koʻra shakllantiriladi.

Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrishda aksiyadorlarga taqdim etiladigan materiallar: Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zoligiga nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlar; Jamiyat korporativ obligatsiyalarini chiqarishning asosiy parametrlari; Jamiyat Ustaviga kiritiladigan o‘zgartirishlar tavsifi (ma’lumot uchun) va Jamiyat Ustavining yangi tahrirdagi loyihasi; kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorlari loyihalari.

Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi materiallari bilan Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 1-uy manzili orqali tanishish yoki nikoloz.k@tbcbank.uz elektron pochta manziliga soʻrov yuborish mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: (91) 784 15 75.

O‘xshash yangiliklar