23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Özbekiston Prezidenti Amman şahriga keldi

Siyosat 23.11.2026 21:17 3Uza
Özbekiston Prezidenti Amman şahriga keldi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat taşrifi bilan Iordaniyaga keldi.Image

Mamlakat havo hududida davlatimiz rahbarining samolyotiga Podşohlik Harbiy-havo kuçlarining qiruvçi uçoqlari hamrohlik qildi.

Image

Malika Aliya nomidagi xalqaro aeroportda Prezidentimiz va uning rafiqasini Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn va Malikasi Raniya al-Abdulla, şahzoda Ğoziy ibn Muhammad va rafiqasi kutib oldilar.

Image

Oliy martabali mehmonlar şarafiga faxriy qorovul saf tortdi. Yetakçilar rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar va faxriy qorovul safi oldidan ötdilar.

Image

Taşrifning asosiy tadbirlari ertaga, 24-noyabr kuni bölib ötadi.

ImageImage

O‘xshash yangiliklar