23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Yamal “Sabah”ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi | Daryo

Sport 23.11.2026 16:22 0Daryo
Yamal “Sabah”ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi | Daryo

“Barselona” vingeri Lamin Yamal Chempionlar ligasidan o‘rin olgan “Sabah”ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman e'lon qildi.

Futbolchi o'ng oyog'idan yengil jarohat olgan, shuning uchun Kataloniya klubi Yamalga dam berishga qaror qildi.

“Lamin Yamal o‘ng to‘pig‘ida og‘riq sezmoqda. Ehtiyot chorasi sifatida u “Sabah”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. U kelasi yakshanba kuni "Deportivo La Coruna"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi kutilmoqda", deyiladi Kataloniya klubi veb-saytida.

Chempionlar ligasidan o‘rin olgan "Sabah" - "Barselona" o'yini 25-noyabr kuni Ozarbayjonda bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi.

O‘xshash yangiliklar