Bir piyola mayiz kaloriya jihatidan qariyb tört piyola uzumga teng

Mevalar foydali va kam kaloriyali yegulik hisoblanadi. Ayrimlar quritilgan mevalarni ham şunday qabul qiladi. Ularni çoy bilan yeyiş yoqimli, safarga, öqişga yoki işga olib ketiş ham qulay. Ammo ovqatlanişiga eʼtibor beradiganlar uçun porsiya hajmi muhim.
Meva quritilganda tarkibidagi suv buğlanadi. Suv kaloriya bermaydi, oziq moddalar esa saqlanib qoladi. Natijada mevaning vazni va hajmi kamayadi. Bir piyolaga köproq meva siğadi, şuning uçun bunday porsiyaning kaloriyasi ham yuqoriroq böladi.
Ayrim işlab çiqaruvçilar quritilgan mevalarga şakar ham qöşadi. Bu, ayniqsa, klyukva, çernika, olça, mango va ananasda köp uçraydi. Qöşimça şakar bor-yöqligini xarid paytida qadoqdagi tarkibdan tekşiriş mumkin.
Bir piyola mevada qança kilokaloriya bor
Har bir qatorda birinçi raqam bir piyola yangi mevaga, ikkinçisi bir piyola quritilgan mevaga tegişli.
Ananas - 99 va 555 kkal (5,6 baravar). Bir piyola yangi ananas 165 gramm, quritilgani 160 gramm kelgan.
Olça - 107 va 533 kkal (5 baravar).
Mango - 99 va 510 kkal (5,2 baravar).
Çernika - 96 va 507 kkal (5,3 baravar).
Klyukva - 46 va 493 kkal (10 baravardan ziyod).
Uzum va mayiz - 125 va 478 kkal (3,8 baravar).
Örik va danaksiz örik qoqi - 74 va 386 kkal (5,2 baravar).
Olxöri va olxöri qoqi - 71 va 384 kkal (5,4 baravar).
Olma - 76 va 219 kkal (2,9 baravar).



