Biznesni röyxatga oliş 30-noyabrda yakunlanadi: u nima va tadbirkorga nima beradi?

Özbekistonda ötkazilayotgan biznesni röyxatga oliş tadbiri 2026-yil 15-oktabrdan 30-noyabrgaça, 40 iş kuni mobaynida davom etadi. Maʼlumotlar 2026-yil 1-oktabr soat 00:00 holati böyiça yiğiladi. Tadbir prezidentning 10-sentabrdagi PF-190-son farmoni va Vazirlar Mahkamasining 9-oktabrdagi 557-son qarori asosida ötkazilmoqda.
Biznesni röyxatga oliş nima?
Mamlakat hududida tovar işlab çiqarayotgan, iş bajarayotgan yoki xizmat körsatayotgan barça subyektlarni töliq xatlovdan ötkazişdir. Qamrovga yirik, örta va kiçik korxonalar, mikrofirmalar, fermer va dehqon xöjaliklari, nodavlat notijorat taşkilotlar kiradi.
Şuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar, hunarmandlar, oilaviy tadbirkorlar, özini özi band qilganlar va xorijiy kompaniyalarning doimiy muassasalari ham hisobga olinadi. Röyxatdan ötmasdan faoliyat yuritayotgan subyektlar ham qamrovdan çetda qolmaydi.
Maʼlumotlar uç usulda yiğiladi:
• mahallalarda hokim yordamçilari, bozorlarda esa statistika xodimlari planşet orqali yuzma-yuz sörov ötkazadi;
• yuridik şaxslar hisobot.stat.uz, özini özi band qilganlar esa census.stat.uz tizimi orqali mustaqil röyxatdan ötadi;
• sörovdan boş tortgan yoki faoliyat joyida topilmaganlar böyiça savolnoma maʼmuriy maʼlumotlar asosida töldiriladi.

Nega ötkazilyapti?
Vazirlar Mahkamasi qarorida körsatilişiça, tadbirdan maqsad iqtisodiy birliklarning soni, tarkibi, tarmoqlar böyiça taqsimoti va faoliyat holatini aniqlaşdir. Bundan taşqari, statistik registrlardagi maʼlumotlarni yangilaş, norasmiy va yaşirin iqtisodiyot kölamini baholaş ham maqsad qilingan.
Mavjud registrlar faqat rasman röyxatdan ötganlarni köradi. Biroq ayrim korxonalar allaqaçon yopilgan, baʼzilari faoliyat manzilini özgartirgan, ayrimlari esa umuman röyxatdan ötmagan. Röyxatga oliş natijalari hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişini rejalaştirişda foydalaniladi.




