Boks böyiça sobiq jahon çempioni Tayson Fyuriga şizofreniya taşxisi qöyildi

2015-yilda britaniyalik boksçi Tayson Fyuriga şizofreniya va bipolyar buziliş taşxisi qöyilgan. Bu haqda sportçi 27-noyabr kuni Netflix platformasida çiqadigan hujjatli filmda sözlab berdi.
Uşbu taşxis u ukrainalik Vladimir Kliçkoga qarşi jangda Butunjahon boks taşkiloti (WBO), Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA), Xalqaro boks federatsiyasi (IBF), Xalqaro boks taşkiloti (IBO) va The Ring jurnali talqinlari böyiça jahon çempioni unvonlarini qölga kiritganidan köp ötmay qöyilgan. Öşa bahsda britaniyalik boksçi hakamlarning yakdil qarori bilan ğalaba qozongan edi. Oradan bir neça oy ötgaç, u yurak xuruji gumoni bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Fyurining sözlariga köra, u kuçli xavotirni boşdan keçirgan, quloğiga turli ovozlar eşitilgan va illyuminatlar taʼqibidan qörqqan. Öşa davrda u alkogol va giyohvandlik qaramligidan ham aziyat çekkan. Sportçi şifoxonadan çiqqanidan taxminan bir yil ötib, hayotini özgartiriş zarurligini his qilganini tan oldi. Şundan söng, oilasi va maşğulotlarga köproq vaqt ajrata boşlagan. 2020-yilda britaniyalik boksçi Butunjahon boks kengaşi (WBC) talqini böyiça jahon çempioni unvoni uçun keçgan jangda amerikalik Deontey Uaylderni mağlubiyatga uçratdi.
Navbatdagi jangda 38 yoşli Tayson Fyuri öz vatandoşi Entoni Joşua bilan töqnaş keladi. Boksçilar 11-dekabr kuni Kardiffdagi «Millennium» stadionida ringga kötariladi.



