25.11.2026, Chorshanba+13.6°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+13.6°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

Metallar buğlanadigan sayyora atmosferasida ilk bor yevropiy va volfram topildi

Texnika 25.11.2026 11:50 0Kun.uz
Metallar buğlanadigan sayyora atmosferasida ilk bor yevropiy va volfram topildi

TOI-1518b «öta qaynoq yupiterlar» toifasiga kiradi. Uning massasi Yupiternikidan taxminan ikki baravar, radiusi esa qariyb 1,9 baravar katta. Sayyora sirt harorati 7000 °C atrofida bölgan TOI-1518 yulduzi yaqinida aylanadi. Unda bir yil Yer hisobi bilan atigi 1,9 sutka davom etadi. Yulduzga şunçalik yaqin sayyora atmosferasida köplab molekulalar parçalanadi, metallar esa gaz holidagi atom va ionlar şaklida uçraşi mumkin.

TOI-1518b atmosferasida ilgari ham temir aniqlangan edi. Endi Italiyadagi Palermo astronomiya rasadxonasi olimi Mattia DʼArpa (Mattia C. D’Arpa) boşçiligidagi xalqaro guruh atmosferaning kimyoviy tarkibini batafsilroq örgandi va sayyora orbitasiga oid maʼlumotlarga aniqlik kiritdi.

Olimlar 2023-yilda sayyora öz yulduzi diski oldidan tört marta ötganida olingan maʼlumotlarni tahlil qildi. Kuzatuvlar Ispaniyaning Kanar orollaridagi Galileo milliy teleskopiga örnatilgan HARPS-N spektrografi yordamida ötkazilgan. Sayyora yulduz qarşisidan ötayotganda yulduz nurining bir qismi uning atmosferasi orqali ötadi. Har bir elementning atomlari nurni muayyan tölqin uzunliklarida yutadi va spektrda öziga xos çiziqlar qoldiradi.

Yulduzning öz nuri ança yorqinligi va u öz öqi atrofida tez aylanişi tufayli bu çiziqlarni ajratiş qiyin bölgan. Astronomlar yulduz sirtining harakati spektrda qanday özgarişlar hosil qilişini hisobga oldi. Keyin kuzatilgan spektrlarni turli elementlar uçun nazariy hisoblangan çiziqlar bilan taqqosladi. Şu usulda alohida olinganda zörğa seziladigan köplab izlarni birlaştirib, umumiy signalni ajratişga erişildi.

Aniqlangan izlar orasida vodorod, uglerod, temir, nikel, titan, vanadiy, stronsiy va ittriyga xos çiziqlar bor. Eng muhim topilma bir elektronini yöqotgan yevropiy ionlari va neytral volfram atomlari böldi. Bu ikki elementning spektral izlari ekzosayyoralar atmosferasida ilgari qayd etilmagan. Tadqiqotçilarning hisobiça, TOI-1518b ning muvozanat harorati yevropiyning buğlaniş haroratidan yuqori, şu bois u yerda yevropiy doim gaz holatida böladi.

Topilma hatto oğir va qiyin suyuqlanadigan elementlar ham qaynoq sayyoraning gaz qobiğida erkin atom hamda ionlar şaklida mavjud böla olişini körsatdi. Bu yuqori harorat va yulduz nurlanişi atmosfera tarkibiga qanday taʼsir qilişini tuşunişga yordam beradi. Astronomlar soxta signal ehtimolini istisno qiliş uçun qöşimça tekşiruvlar ham ötkazdi.

Spektrda sayyora ob-havosining izlari ham körindi. Çiziqlarning örtaça siljişi gaz kuzatuvçi tomon sekundiga qariyb 7 kilometr tezlikda harakatlanayotganiga mos keladi. Olimlarning taxminiça, bunga moddani sayyoraning kunduzgi tomonidan tungi tomoniga olib ötadigan kuçli şamollar sabab bölişi mumkin.

O‘xshash yangiliklar