25.11.2026, Chorshanba+14.8°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+14.8°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

Mikromoliya bozorida banklarning uluşi sezilarli kamaydi

Iqtisod 25.11.2026 16:24 0Kun.uz
Mikromoliya bozorida banklarning uluşi sezilarli kamaydi

Özbekistonda mikromoliya xizmatlari hajmi ösişda davom etmoqda. Bozorda banklarning uluşi qisqarib, mikromoliya taşkilotlarining uluşi ösgan. Xizmatlarning asosiy qismi onlayn şaklda körsatilmoqda.

Bu haqda Markaziy bank eʼlon qilgan 2026-yil III çoragi uçun mikromoliya xizmatlari bozori şarhida söz boradi.

Şarhda keltirilişiça, kredit taşkilotlari tomonidan yanvar–sentabr oylarida jami 109,9 trln sömlik mikromoliya xizmatlari körsatilib, bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 6 trln söm yoki 6 foizga ösgan.

Mikromoliya xizmatlarining jami ajratilgan kreditlardagi uluşi 31,4 foizni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 2,8 foiz bandga kamaygan.

Mikromoliya xizmatlari bozorida kredit taşkilotlarining uluşi quyidagiça:

  • tijorat banklari – 62,4 trln söm, 56,8 foiz;

  • mikromoliya taşkilotlari – 44,4 trln söm, 40,4 foiz;

  • lombardlar – 3,1 trln söm, 2,8 foiz.

Ötgan yilning mos davriga nisbatan olganda, banklar tomonidan körsatilgan xizmatlar hajmi 20,2 trln sömga (24 foiz) kamaygan, mikromoliya taşkilotlarida esa 25,2 trln sömga (2,3 barobar), lombardlarda 1 trln sömga (49 foiz) ösgan.

Eslatib ötamiz, 2025-yil iyuldan kuçga kirgan talablarga köra, tijorat banklarining kredit portfelida mikroqarzlar uluşi 25 foizdan oşmasligi şartligi belgilangan. Banklar 2029-yil 1-yanvargaça kredit portfelini bosqiçma-bosqiç şu talabga moslaştirişi kerak.

Hududlar kesimida

Mikromoliya xizmatlarining asosiy qismi Toşkent şahri hissasiga töğri kelgan: 71,3 trln söm yoki 65 foiz.

Keyingi örinlarda Farğona viloyati (6,6 trln söm), Toşkent viloyati (3,8 trln söm), Andijon viloyati (3,6 trln söm) va Samarqand viloyati (3,5 trln söm) qayd etilgan.

Eng past körsatkiç Sirdaryo (1,2 trln söm), Jizzax (2 trln söm) va Namangan (2,1 trln söm) viloyatlarida kuzatilgan.

O‘xshash yangiliklar