Özbekiston ösmirlari Yamaykani mağlub etib, guruhdan çiqiş imkoniyatini saqlab qoldi

Qatarda 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasida jahon çempionati davom etmoqda.
Özbekiston U17 terma jamoasi Ye guruhining 2-turida Yamaykaga qarşi maydonga tuşdi va hisobda ikki marta ortda qolayotgan bölsa-da, yakunda 6:2 hisobida ğalaba qozondi. Özbekiston tarkibida Suhrob Sadirjonov het-trik sohibi böldi.
Bu natijadan söng, boş murabbiy Sergey Çigodayev şogirdlari 3 oçko jamğarib, guruhdan çiqiş imkoniyatini saqlab qoldi. 1-turda özbekistonliklar Kot-dʼIvuarga 1:2 hisobida yutqazgan edi. Yakuniy öyin 26-noyabr kuni Italiyaga qarşi ötkaziladi. Bahs soat 19:00 da boşlanadi.
Turnir haqidagi maʼlumotlar
Qatarda 19-noyabrdan 13-dekabrgaça ötkaziladigan musobaqada 48 ta jamoa iştirok etmoqda. Ular 12 ta guruhga bölingan. Har bir guruhdan ikkitadan eng yaxşi va uçinçi örinni egallagan sakkizta eng yaxşi jamoa 1/16 finalga yöl oladi.
Deyarli barça öyinlar Dohadagi Aspire Zone sport majmuasi maydonlarida ötkaziladi. Final 13-dekabr kuni «Ahmad bin Ali» stadionida bölib ötadi.
Jahon çempionati öyinlarini Özbekistonda televidenie orqali namoyiş etilmaydi. Öyinlarni faqat FIFA+ platformasida internet orqali tomoşa qiliş mumkin.
FIFA U17 Jahon Kubogi
Qatar, Doha
Ye guruhi, 23-noyabr
ÖZBEKISTON U17 – YAMAYKA U17 6:2
Gollar: Laziz Abduraimov (10), Suhrob Sadirjonov (31, 48, 58), Amirxon Erkinov (79), Ahrorbek Ravşanbekov (90+3) - Kelvin Braun (9, 31)
Boş hakam: Olats Rivera Olmedo (Ispaniya)
Özbekiston U17: Olimjon Şomurodov, Maşhurbek Abdisoliev (Jahongirmirzo Öktamboyev 46), Abubakir Rahimov (Nurmuhammad Öktamov 66), Muhammadaziz Röziboyev, Amirxon Erkinov (Muhammadjon Mamatov 85), Islom Ravşanov, Asilbek Aliev, Mirkomilbek Murodov, Suhrob Sadirjonov (Muhammadodilxon Orifxonov 66), Mirjamol Anvarov, Laziz Abduraimov (Ahrorbek Ravşanbekov 56)
Boş murabbiy: Sergey Çigodayev



