Bugun Özbekiston Yamayka bilan öynaydi

Bugun, 23 noyabr kuni Özbekiston U-17 terma jamoasi Qatarda ötayotgan 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Jahon çempionati doirasida navbatdagi uçraşuvini ötkazadi. Sergey Çigodayev şogirdlari guruh bosqiçining 2-turida Yamayka ösmirlar terma jamoasiga qarşi bahs olib boradi.
Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 18:00 da “Aspire” futbol akademiyasi maydonida bölib ötadi. Mazkur bahsni ispaniyalik ayol hakam Olats Rivera Olmedo boşqarib boradi. Unga hamyurtlari Eliana Fernandes Gonsales va Iragarse Fernandes Esesuma yordam beradi.
Ma’lumot uçun, Özbekiston U-17 terma jamoasi musobaqaning ilk turida Kot-d’Ivuar ösmirlariga 1:2 hisobida mağlub böldi. Hozirda Sergey Çigodayev boşçiligidagi jamoa 2-tur oldidan “E” guruhida uçinçi örinni egallab turibdi. Italiya va Kot-d’Ivuar ösmirlar terma jamoalari esa 3 oçkodan jamğargan holda guruhda peşqadamlik qilmoqda.



