Duening uyiga öğri tuşdi

“Pari Sen-Jermen” hujumçisi Dezire Duening uyiga noma’lum şaxslar tomonidan öğrilikka uriniş böldi. Bu haqda “Le Parisien” naşri xabar berdi.
Joriy yilning 21 noyabr kuni keçasi bir neça kişi futbolçining Orjevaldagi uyi hovlisiga kirgan. Biroq ular uy içida kimdir borligini sezib, qoçib ketgan.
Due “Nitssa”ga qarşi Fransiya çempionatining 11-tur uçraşuvidan keyin uyiga qaytganida, jandarmlar allaqaçon voqea joyida bölgan. Uyga buzib kirişga uriniş alomatlari aniqlanmagan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 21 noyabr kuni PSJ safarda “Nitssa”ni 3:2 hisobida mağlub etgandi. Uçraşuvda 32-daqiqada gol urgan 21 yoşli Due birinçi bölim yakunida jarohat olib, maydonni zambilda tark etdi. 22 noyabr kuni parijliklar futbolçining öng tizzasidagi oldingi xoçsimon boğlam uzilganini ma’lum qildi. U joriy yilning noyabr oyi oxiriga qadar operatsiya qilinadi va köp ehtimol bilan mavsumning qolgan qismini ötkazib yuboradi.



