Jahon çempionligi bahslari uçun qur’a taşlandi (video)

Keça, 22 noyabr kuni Şveysariyaning Jeneva şahrida şaxmat böyiça 2026 yilgi Jahon çempionligi uçun özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov hamda amaldagi jahon çempioni, hindistonlik Gukeş Dommaraju örtasidagi bahslarga qur’a taşlaş marosimi bölib ötdi.
Qur’a natijalariga köra, Özbekiston vakili Javohir Sindorov amaldagi jahon çempioni hindistonlik Gukeş Dommarajuga qarşi ilk partiyani oq donalarda boşlaydi.
Jahon şaxmat toji uçun bahsning birinçi partiyasi ertaga, 24 noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi. Jahon çempionligi uçun keçadigan bahslar joriy yilning 12 dekabriga qadar davom etadi.
Bahsda birinçi bölib 7,5 oçko töplagan şaxmatçi jahon çempioniga aylanadi. Qora donalarda öynayotgan şaxmatçining 40-yurişiga qadar durangga kelişiş taqiqlanadi.
Agar 14 ta klassik partiyadan keyin hisob 7:7 bölsa, çempion tezkor şaxmat va blits böyiça tay-breyklarda aniqlanadi. Tay-breyk bahslari joriy yilning 12 dekabr kuni ötkazilişi rejalaştirilgan. Şuningdek, 2024 yilgi çempionlik bahsidan boşlab har bir ğalaba uçun moliyaviy bonuslar tizimi ham joriy etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Sindorov va amaldagi jahon çempioni Gukeş örtasidagi 2026 yilgi jahon çempionligi uçun töliq bahslar taqvimini e’lon qilingandi.



