23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Markaziy Osiyo davlatlari Osiyo kubogiga mezbonlik qilişi mumkin

Sport 23.11.2026 21:10 2Qalampir
Markaziy Osiyo davlatlari Osiyo kubogiga mezbonlik qilişi mumkin

Markaziy Osiyoning uç davlati – Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston futbol assotsiatsiyalari 2032 yilgi Osiyo kubogini birgalikda taşkil etiş taşabbusini muhokama qildi. Bu haqda “Asia +” naşri xabar berdi.

Qayd etilişiça, mazkur taşabbus joriy yilning oktyabr oyida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) prezidenti Şayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa bilan uçraşuvida ilgari surilgan.

Şuningdek, qöşma ariza tayyorgarligi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari futbol assotsiatsiyalari rahbarlari OFK prezidenti bilan uçraşuv ötkazgan. Tomonlar zarur hujjatlarni tayyorlaş, musobaqa konsepsiyasini işlab çiqiş, şuningdek, stadionlar va sport infratuzilmasini xalqaro talablarga muvofiq rivojlantiriş masalalarini muhokama qilgan.

Uçraşuv iştirokçilari 2032 yilgi Osiyo kubogini ötkaziş Osiyo futboli taraqqiyoti, Markaziy Osiyoning xalqaro futbol maydonidagi nufuzini oşiriş hamda mintaqa davlatlari örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etişini ta’kidlagan.

Hozirça taşabbus muhokama bosqiçida bölib, Osiyo kubogini uç mamlakatda birgalikda ötkaziş böyiça yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq 2027 yil 7 yanvardan 5 fevralga qadar ötkazilişi rejalaştirilgan Osiyo kubogi Saudiya Arabistonidagi siyosiy vaziyat sabab 2027 yil 23 dekabrdan 2028 yil 21 yanvargaça köçirilgandi.

O‘xshash yangiliklar