23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Musiala uçinçi marta huşidan ketdi

Sport 23.11.2026 12:04 0Qalampir
Musiala uçinçi marta huşidan ketdi

Germaniyaning “Bavariya” klubi yarim himoyaçisi Jamal Musiala sönggi uç oy içida uçinçi marta huşidan ketdi. Bu haqda “Goal” naşri xabar berdi.

Naşrning yozişiça, sönggi hodisa ötgan keça, 22 noyabr kuni sodir bölgan. Bu holat futbolçining nevrologik kasalligi uçun qabul qilayotgan dori dozasi özgartirilganiga qaramay yuz bergan. Musialaning ahvolini kuzatayotgan şifokorlar uçun dori vositasining töğri dozasini aniqlaş qiyin keçmoqda. Şunga qaramay, futbolçi jamoaviy maşğulotlarning birortasini ham ötkazib yubormagan.

Joriy yilning avgust oyida Musiala örtoqlik uçraşuvlari vaqtida ikki marta maydonda huşidan ketgandi. Keyinçalik yarim himoyaçining nevrologik kasallikdan aziyat çekayotgani ma’lum böldi. Joriy yilning sentyabr oyida esa u Germaniya terma jamoasi maşğulotlari vaqtida muşak jarohatini oldi.

Şundan söng, joriy yilning 21 noyabr kuni safga qaytdi. U Bundesliganing “Kyoln”ga qarşi uçraşuvida zaxiradan maydonga tuşdi. Bahs 1:1 hisobida yakunlandi.

Uçraşuvdan söng “Bavariya”ning sobiq boş direktori, hozirda kuzatuv kengaşi a’zosi Karl-Xayns Rummenigge klub Musiala avvalgi formasiga qaytmasa, u bilan xayrlaşiş masalasini körib çiqişi mumkinligini aytdi. Futbolçining şartnomasi haqida klubning faxriy prezidenti Uli Xyoness va boş direktori Yan-Kristian Drezen ham fikr bildirgan.

Xalqaro professional futbolçilar federatsiyasi (FIFPro) “Bavariya” rahbariyatining bu kabi izohlarini futbolçiga nisbatan bosim sifatida baholadi.

Ma’lumot uçun, 23 yoşli Musialaning “Bavariya” bilan amaldagi şartnomasi 2030 yil yoziga qadar amal qiladi. U myunxenliklar safida oltita Bundesliga çempionligi, Germaniya kubogi, 3 ta Germaniya Superkubogi, Çempionlar ligasi, UEFA Superkubogi hamda klublar örtasidagi Jahon çempionligini qölga kiritgan. Musiala Germaniya terma jamoasi safida 46 ta öyin ötkazib, 10 ta gol urgan.

O‘xshash yangiliklar