23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Özbekiston JÇdagi ilk ğalabasini qölga kiritdi

Sport 23.11.2026 19:55 0Qalampir
Özbekiston JÇdagi ilk ğalabasini qölga kiritdi

Bugun, 23 noyabr kuni Özbekiston U-17 terma jamoasi Qatarda ötayotgan ösmirlar örtasidagi Jahon çempionati doirasida navbatdagi uçraşuvini ötkazdi. Sergey Çigodayev şogirdlari guruh bosqiçining 2-turida Yamayka ösmirlarterma jamoasini 6:2 hisobida mağlub etdi.

Uçraşuvning 8-daqiqasida Kelvin Braun yamaykaliklarni hisobda oldinga olib çiqdi. Biroq oradan bir daqiqa ötib, Laziz Abduraimov hisobni tenglaştirdi. 24-daqiqada Kelvin Braun yana bir bor gol urib, Yamaykani oldinga olib çiqdi.

30-daqiqada Suhrob Sadirjonov muvozanatni tikladi. Ikkinçi bölimda esa Sadirjonov 47-va 58-daqiqalarda yana raqib darvozasini işğol etib, xet-trik qayd etdi. 79-daqiqada Amirxon Erkinov Özbekistonning beşinçi golini kiritdi. 92-daqiqada Ravşanbekov raqib darvozasini yana bir bor işğol qildi. Şu tariqa, Özbekiston ösmirlar terma jamoasi Jahon çempionatidagi ilk ğalabasini qölga kiritdi.

Uşbu ğalabadan söng Sergey Çigodayev şogirdlari “E” guruhida 3 oçko bilan 3-örinni egallab turibdi.

Ma’lumot uçun, Özbekiston U-17 terma jamoasi musobaqaning birinçi turida Kot-d’Ivuar ösmirlariga 1:2 hisobida mağlub bölgandi.

O‘xshash yangiliklar