23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Özbekiston Rossiyaga qarşi javob uçraşuvini ötkazişni rejalaştirmoqda

Sport 23.11.2026 16:53 0Qalampir
Özbekiston Rossiyaga qarşi javob uçraşuvini ötkazişni rejalaştirmoqda

Özbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari örtasida javob uçraşuvini ötkaziş reja qilinmoqda. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoalar bölimi boşliği Usmon Toşev “Sport24” naşriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Ha, albatta, biz Rossiya bilan barça darajalarda öynaşni rejalaştirmoqdamiz. Adaşmasam, ayollar U-20 terma jamoalari örtasida ham uçraşuv ötkazişni rejalaştiryapmiz. Erkaklar terma jamoalariga kelsak, Özbekiston va Rossiya örtasidagi örtoqlik öyinlarini davom ettiriş niyatimiz bor. Faqat Osiyo Kubogining bekor qilinişi rejalarimizga öz ta’sirini körsatdi. Şu sababli, endi taqvimni qayta körib çiqişimiz kerak. Barça rejalarimiz va öyinlar taqvilini qayta körib çiqamiz. Biroq Rossiya bilan öynaşni davom ettiriş niyatimiz qat’iy. Asosiy terma jamoalarimiz örtasidagi javob uçraşuvi Rossiyada ötkazilişi mumkin”, deydi Toşev.

Eslatib ötamiz, Özbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 12 noyabr kuni Toşkentdagi “Paxtakor” stadionida Rossiyaga qarşi örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşgandi. Unda Fabio Kannavaro boşçiligidagi Özbekiston milliy term jamoasi 2:3 hisobida mağlubiyatga uçragandi.

O‘xshash yangiliklar