23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Hodisalar 28.10.2025 18:32 0Upl
Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi
Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi.

Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi avtomobillarni tashiyotgan "Shacman" rusumli avtovoz tiqilib qoldi. Yuk avtomobilini 2002 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqargan. Hodisa poytaxtning Olmazor tumanidagi Qorasaroy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, haydovchi tirkamadagi avtomobillarning gabaritlarini hisobga olmagani sababli avtovoz tiqilib qolgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi. Tashilayotgan avtomobillar texnik shikastlandi. Hozirda voqeaning barcha holatlarini aniqlash uchun surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar