Futbolçilarimiz muhim öyinda işonçli ğalaba qozondi

Uçraşuvda hisobni 8-daqiqada yamaykalik Kelvin Braun oçdi. Biroq, oradan bir daqiqa ötib, terma jamoamiz aʼzolari muvozanatni tikladi. Abubakir Rahimovning zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan töpni esa Laziz Abduraimov golga aylantirdi — 1:1. 25-daqiqada Kelvin Braun yana bir bor gol urib, Yamaykani oldinga olib çiqdi. 31-daqiqada Mirjamol Anvarov uzatgan töpni Suhrob Sadirjonov aniq zarba bilan yakunlab, hisobni tenglaştirdi.
Ikkinçi bölimda ham terma jamoamiz hujumkor öyin namoyiş etdi. 47-daqiqada Asilbek Aliyevning uzatmasidan söng Suhrob Sadirjonov özining ikkinçi golini urib, Özbekistonni hisobda oldinga olib çiqdi. 58-daqiqada esa Asilbek Aliyevning navbatdagi uzatmasini golga aylantirgan Sadirjonov xet-trik qayd etdi. 79-daqiqada Amirxon Erkinov raqib darvozasini işğol etib, hisobni 5:2 körinişiga keltirdi. Asosiy vaqtga qöşib berilgan daqiqalarning ikkinçisida Ahrorbek Ravşanbekov uzoq masofadan töpni darvozaga joylab qöydi.

Şu tariqa, Özbekiston ösmirlar terma jamoasi jahon çempionatidagi ikkinçi uçraşuvida Yamayka ustidan 6:2 hisobida ğalaba qozonib, musobaqadagi ilk uç oçkosini jamğardi.
Endi Sergey Çigodayev boşçiligidagi jamoamiz guruh bosqiçining sönggi turida 26-noyabr kuni Italiya ösmirlar terma jamoasiga qarşi bahs olib boradi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA



