26.11.2026, Payshanba+11.6°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+11.6°CToshkent$11 990.54 26.11.2026

Har lahzada harakat, har lahzada masʼuliyat (+video)

Texnika 25.11.2026 23:52 0Uza
Har lahzada harakat, har lahzada masʼuliyat (+video)

“Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan uşbu vazifalarni bajariş maqsadida yuqori kuçlanişli elektr uzatiş tarmoqlari va podstansiyalarda texnik xizmat körsatiş, nazorat hamda profilaktika işlari muntazam amalga oşirilmoqda.

Mazkur jarayonlar uzluksiz taşkil etilgan bölib, energetika obʼektlarida navbatçilik xizmati keça-yu kunduz davom etadi. Bu esa yuzaga kelişi mumkin bölgan nosozlik va avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etiş, isteʼmolçilar elektr taʼminotini tiklaş uçun zarur çoralarni köriş imkonini beradi.

Uşbu jarayonda tezkor taʼmirlaş brigadalari faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Brigadalarning belgilangan obʼektlarga öz vaqtida yetib borişi, mutaxassislar va zarur texnik vositalarni manzilga yetkazişda xizmat avtotransport vositalari haydovçilarining ham masʼuliyati katta.

Tezkor brigadalar faoliyatini transport bilan taʼminlaş, zarur ehtiyot qismlar va texnik jihozlarni belgilangan manzilga yetkaziş işlari elektr taʼminoti barqarorligini oşirişga xizmat qiladi. Bunda haydovçilarning harakat xavfsizligi talablariga rioya qilişi, topşiriqlarni öz vaqtida bajarişi va tezkor xizmat bilan hamjihatlikda işlaşi muhim ahamiyatga ega.

Tezkor taʼmirlaş brigadasining haydovçisi Gulboy Eşmurodov “Damas” rusumli avtomobilda mutaxassislarni avariyaviy taʼmirlaş nuqtalariga olib boradi. Uning ulovida doim ehtiyot qismlar va himoya vositalari bor. Tizim korxonalari faoliyatida haydovçilar, maxsus texnikani boşqaruvçi mutaxassislarning xizmati ham beqiyos.

Şuningdek, “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi 220 kilovolt kuçlanişli “Amu” podstansiyasida elektr uskunalarining texnik holatini nazorat qiliş, belgilangan ekspluatatsiya talablariga rioya etiş hamda podstansiya jihozlarining işonçli işlaşini taʼminlaş böyiça işlar olib borilmoqda.

Bu yerda har bir uskuna, har bir texnik körsatkiç va har bir amal muhim ahamiyatga ega. Çunki yuqori kuçlanişli elektr qurilmalari bilan işlaş mutaxassislardan kasbiy malaka, diqqat-eʼtibor va masʼuliyat talab etadi.

“Amu” podstansiyasida elektr çilangari Faxriddin Suyundiqovning taʼkidlaşiça, uning asosiy xizmat vazifasi podstansiyadagi elektr uskunalarining texnik holatini muntazam nazorat qiliş, ularning işonçli va barqaror işlaşini taʼminlaşdan iborat.

– Iş jarayonida har bir uskuna, har bir körsatkiç va texnik harakatga alohida eʼtibor qaratamiz. Çunki yuqori kuçlanişli elektr qurilmalari bilan işlaş katta masʼuliyat, bilim va ehtiyotkorlikni talab etadi.

Navbatçilik davomida belgilangan vazifalarni öz vaqtida bajaramiz, uskunalarning texnik holatini muntazam kuzatib boramiz. Zarur hollarda tezkor taʼmirlaş brigadalari bilan hamkorlikda iş olib boramiz. Ayniqsa, avariyaviy holatlar yuzaga kelganda tezkorlik, özaro hamjihatlik va mehnat muhofazasi qoidalariga qatʼiy rioya qiliş muhim ahamiyatga ega.

Bizning faoliyatimizda kunduz yoki tunning farqi yöq. Belgilangan navbatçilik grafigi asosida xizmat vazifalarimizni bajaramiz. Asosiy maqsadimiz esa podstansiyaning işonçli faoliyatini taʼminlaş va elektr energiyasini uzatiş jarayonida uzilişlarning oldini olişdir. Albatta, öz mehnatimiz bilan mamlakatimiz energetika tizimi barqarorligiga hissa qöşayotganimizdan faxrlanamiz, – dedi F.Suyundiqov.

Podstansiyalarda navbatçilik xizmati davomida elektr uskunalari va nazorat-ölçov vositalarining körsatkiçlari muntazam kuzatib boriladi. Şu bilan birga, xizmat vazifalarini belgilangan tartibda bajariş, texnik intizomni taʼminlaş va mehnat muhofazasi qoidalariga qatʼiy amal qilişga alohida eʼtibor qaratiladi.

Avariyaviy holatlar yoki texnik nosozliklar yuzaga kelgan taqdirda, masʼul mutaxassislar va tezkor taʼmirlaş brigadalari belgilangan tartibda harakatga keltiriladi. Bunda har bir xodimning kasbiy bilimi, amaliy tajribasi, intizomi va jamoaviy hamkorligi muhim.

Iş jarayonida ob-havo şaroiti, kunning qaysi vaqti ekani yoki boşqa taşqi omillardan qatʼi nazar, belgilangan vazifalarning öz vaqtida va xavfsiz bajarilişi taʼminlanadi.

Tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarning kundalik mehnati elektr energetikasi infratuzilmasining barqaror işlaşini taʼminlaşga qaratilgan.

Magistral elektr tarmoqlarining işonçli faoliyati ortida har kuni, har soatda öz xizmat vazifasini masʼuliyat bilan bajarayotgan energetika xodimlarining maşaqqatli mehnati mujassam.

Nasiba Ziyodullayeva,

Yoqub Meliboyev (video),

Anvarxöja Ahmedov (montaj),

ÖzA

O‘xshash yangiliklar