«Neftçi» öz maydonida jangovar durang qayd etdi

Farğonada ötgan bahsda mehmonlar birinçi bölimda ikki gol farqi bilan oldinga çiqib oldi. Aniqroq aytadigan bölsak, 21-daqiqada Ibrohimxalil Yöldoşevning darvozabonga töp uzatişdagi xatosidan unumli foydalangan Olli Uotkins hisobni oçdi. 28-daqiqada esa Uotkinsning uzatmasidan keyin Gabriel Martinelli birga-bir vaziyatda darvozani işğol etib, «Al Hilol» jamoasini 2:0 hisobida oldinga olib çiqdi.
Ikkinçi bölimda «Neftçi» vaziyatni özgartirişga muvaffaq böldi. 49-daqiqada Ikromjon Aliboyevning çap qanotdan uzatgan töpini darvozabon Yassin Bunu qaytardi. Qaytgan töpni Abrorbek Ismoilov kuçli zarba bilan darvozaga joylab, hisobdagi farqni qisqartirdi.
Şuningdek, 57-daqiqada Alişer Odilov boş bilan kiritgan töp hakam tomonidan VAR tizimi orqali körib çiqilgaç, öyindan taşqari holat sababli hisobga olinmadi. 63-daqiqada esa Botirali Ergaşev Olli Uotkinsning xavfli zarbasini qaytarib, jamoasini yana bir goldan qutqardi.

«Neftçi»ning saʼy-harakatlari 70-daqiqada samara berdi. Alişer Odilovning zarbasini darvozabon qaytarganidan söng töp Yusuf Akçiçekka tegib, «Al Hilol» darvozasidan joy oldi. Şu tariqa hisob tenglaşdi — 2:2.
«Istiqlol» stadionida ötgan uçraşuvni 18 ming 867 nafar muxlis kuzatdi. Qayd etilgan durangdan söng «Neftçi» musobaqadagi oçkolarini 5 taga, «Al Hilol» esa 10 taga yetkazdi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA



