OÇL: «Neftçi» öz uyida, «Paxtakor» safarda öynaydi

Dastlab, soat 18:45 da Farğonadagi «Istiqlol» stadionida «Neftçi» Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubini qabul qiladi. Uçraşuvni quvaytlik Abdulloh Jamol boşçiligidagi hakamlar brigadasi boşqarib boradi. Unga Saud al-Şemali va Ali Jroq qanotlarda yordam beradi. VAR hakami vazifasini Abdulloh Arab bajaradi.
Uçraşuv oldidan ikki jamoa vakillari iştirokida taşkiliy yiğiliş bölib ötdi. Unda bellaşuvga oid masalalar muhokama qilinib, jamoalarning liboslari ham kelişib olindi. Qarorga köra, «Neftçi» anʼanaviy sariq-qora, mehmonlar esa oq rangli liboslarda maydonga tuşadi.

Şuningdek, bugun soat 23:15 da Jidda şahridagi «Qirol Abdulloh Sports Siti» stadionida «Paxtakor» Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» jamoasiga qarşi bahs olib boradi. Mazkur töqnaşuvni BAA vakili Umar Muhammad Al-Ali boş qaradi. Unga qanotlarda Muhammad Al-Hammadi va Josim Al-Ali yordam beradi. VAR hakami etib Muhammad Ubayd Xodim tayinlangan. Toşkent klubi bahsda oq rangli liboslarda öynaşi maʼlum qilindi.
Maʼlumot uçun, 5-tur uçraşuvlari oldidan Ğarbiy mintaqa turnir jadvalida «Al-Hilol» 9 oçko bilan ikkinçi örinda bormoqda. «Neftçi» va «Al-Ittihod» 4 oçko bilan 9-10 örinlarda bormoqda. «Paxtakor» esa 2 oçko bilan 14-örinni egallab turibdi.
Javohir Toşxöjayev, ÖzA



