23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Para taekvondoçilarimiz jahon çempionatini 3 ta medal bilan yakunladi

Sport 23.11.2026 14:33 0Uza
Para taekvondoçilarimiz jahon çempionatini 3 ta medal bilan yakunladi

Quvonarlisi, jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasi vakillari ham muvaffaqiyatli iştirok etib, ikki oltin va bir kumuş medalni qölga kiritdi.

Xususan, K41 klassida 63 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida Lutfullo Qodirov, K44 klassida 65 kilogrammdan yuqori vaznda Guljanoy Naimova barça raqiblaridan ustun kelib, şohsupaning eng yuqori poğonasidan joy olgan bösa, K44 klassida 80 kilogrammdan yuqori vazn toifasida iştirok etgan Asadbek Toştemirov kumuş medalga sazovor böldi.

Şu tariqa, terma jamoamiz jahon çempionatini uçta medal bilan yakunladi.

Maʼlumot uçun, para taekvondo böyiça jahon çempionati odatda har ikki yilda bir marta ötkaziladi. Biroq, 2025-yilgi çempionat mezbon şahar bilan boğliq taşkiliy sabablarga köra ötkazilmagani bois, 2023-yilda Meksikaning Verakrus şahrida taşkil etilgan jahon çempionatidan keyingi musobaqa 2026-yilda Janubiy Koreyaning Mudju şahrida bölib ötdi.

2023-yilgi çempionatda Özbekiston terma jamoasi vakillari Ziyodaxon Isoqova va Asadbek Toştemirov oltin, Javohir Aliqulov kumuş, Lutfullo Qodirov esa bronza medaliga sazovor bölgan. Şu tariqa, terma jamoamiz öşa jahon çempionatini jami törtta medal — ikki oltin, bir kumuş va bir bronza bilan yakunlagan.

Javohir Toşxöjayev,

ÖzA

O‘xshash yangiliklar