Qaşqadaryolik ikki öquvçi SAT imtihonida eng yuqori natijani qayd etdi

Xususan, Qarşi şahridagi Prezident maktabining 10-sinf öquvçisi Nosirov Xuşnudbek xalqaro SAT imtihonida maksimal – 1600 ball töpladi.
Eʼtiborlisi, bu Qaşqadaryoda mazkur xalqaro imtihonda qayd etilgan ilk eng yuqori natija emas. Avvalroq Koson tuman ixtisoslaştirilgan maktabining 11-sinf öquvçisi Halimov Murodjon ham SAT imtihonida 1600 ball töplaşga muvaffaq bölgan edi.
Uşbu yutuq davlatimiz rahbari tomonidan ham alohida eʼtirof etilgan. Prezident iqtidorli yoşlar uçun aniq fanlarni xorijiy tillarda öqitiş imkoniyatlarini kengaytiriş muhimligini taʼkidlagan edi.
Bir viloyatdan ikki nafar öquvçining xalqaro miqyosdagi nufuzli imtihonda eng yuqori natijani qayd etişi, avvalo, yoşlarning bilim olişga intilişi, ustozlarning fidokorona mehnati va taʼlim sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar samarasidir.
Bunday yutuqlar Qaşqadaryoda ilm-fanga qiziquvçi, xalqaro maydonda raqobatlaşa oladigan yoşlar safi tobora kengayib borayotganidan dalolat beradi.
Ölmas Barotov, ÖzA muxbiri



