Özbekistonlik gimnastikaçilar Tbilisidagi xalqaro turnirda şohsupaga kötarildi

Musobaqada Gimnastika böyiça ixtisoslaştirilgan respublika bolalar-ösmirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi tarbiyalanuvçilari muvaffaqiyatli iştirok etdi. Yoşlar örtasida yakkalik maşqlar böyiça Samira Qudratova töp bilan bajarilgan maşqlarda kumuş medalga sazovor böldi. Komila Yusupova esa halqa bilan maşqlarda bronza, tasma bilan çiqişida kumuş medalni qölga kiritdi.
Guruh maşqlarida sport maktabi jamoasi köpkuraşda oltin medalga sazovor böldi. Final bahslarida esa beşta töp bilan bajarilgan maşqlarda kumuş, beşta tasma bilan çiqişda oltin medalni qölga kiritdi.
Kattalar örtasida yakkalik maşqlar böyiça köpkuraşda Sabrina Zarifboyeva oltin, Yasmina Alimardonova kumuş medal bilan taqdirlandi. Final bahslarida Yasmina Alimardonova töp bilan maşqda, Sabrina Zarifboyeva esa bulava va tasma bilan çiqişlarda ğolib böldi.

Şuningdek, kattalar örtasida guruh maşqlarida sport maktabi jamoasi köpkuraş dasturida oltin medalga sazovor böldi. Şu tariqa, özbekistonlik gimnastikaçilar Tbilisidagi xalqaro turnirni bir qator sovrinli natijalar bilan yakunladi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA



