Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Ozod Axunov «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ boşqaruvi raisi etib tayinlandi. Uşbu tayinlovga qadar kompaniya rahbarining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelgan. Bu haqda Özbekiston Energetika vazirligi xabar berdi.
Axunov 2024 yil may oyidan buyon «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ boşqaruvi raisining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Unga qadar Energetika vazirligining elektr energiyasi işlab çiqariş bölimi boşliği bölib işlagan.
Ozod Axunov 1987 yil 27 sentyabrda Toşkent şahrida tuğilgan. 2010 yilda Toşkent davlat texnika universitetining bakalavriat bosqiçini, 2012 yilda esa magistraturasini tamomlagan.
U energetika sohasidagi mehnat faoliyatini 2008 yilda Toşkent issiqlik elektr stansiyasida boşlagan. Bu yerda turbina uskunalari maşinisti, energoblok maşinisti va qozon-turbina sexining katta maşinisti lavozimlarida işlagan. 2013–2016 yillarda korxona smena boşliği lavozimini egallagan.
2016–2019 yillarda Axunov “Özbekenergo” AJda faoliyat yuritib, yetakçi mutaxassisdan elektr stansiyalaridan foydalaniş va qayta tiklanuvçi energiya manbalari boşqarmasi boşliği örinbosari lavozimigaça bölgan yölni bosib ötgan.
2019–2023 yillarda Energetika vazirligida rahbarlik lavozimlarida, jumladan, işlab çiqariş quvvatlarini rivojlantiriş va elektr energiyasi işlab çiqariş boşqarmalari boşliği sifatida işlagan. 2023–2024 yillarda esa vazirlikning elektr energiyasi işlab çiqariş bölimiga rahbarlik qilgan.
«Issiqlik elektr stansiyalari» AJ boşqaruvi raisi lavozimida Axunov Baxodir Jörayevning örnini egalladi. Jörayev «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boşqaruvi raisi etib tayinlangan.




