Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov hindistonlik Gukeş Dommaraju bilan jahon çempioni unvoni uçun ötkaziladigan bahsda ğalaba qozoniş imkoniyatini 50 foizga baholadi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Jenevadagi BMT Millatlar saroyida ötkazilgan matbuot anjumanida şaxmatçi 14 partiyadan iborat bahs natijasini oldindan aytiş qiyinligini ta’kidladi. Uning qayd etişiça, bu vaqt davomida turli voqealar yuz berişi mumkin.
Amaldagi jahon çempioni Gukeşdan unvonni saqlab qoliş uni ilk bor qölga kiritişdan qiyinroqmi, deb söraşdi. Hindistonlik şaxmatçi musobaqaga unvonni himoya qiliş uçun emas, balki yana çempion böliş uçun kelganini aytdi.
Gukeş, şuningdek, Sindarovning yuqori saviyadagi öyini va barqaror natijalarini e’tirof etdi. Hindistonlik grossmeysterning fikriça, özbekistonlik şaxmatçi hozir eng yaxşi sport formasida, şu bois bölajak bahs jiddiy sinov böladi.
Öz navbatida, Sindarov Gukeşning 2024 yildagi çiqişlarini “fantastik” deb baholadi.
Şaxmat toji uçun bahs 24 noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da Şveysariyaning Jeneva şahri yaqinidagi Koloni şahrida boşlanadi. Musobaqa Martin Bodmer jamğarmasi muzeyida ötkaziladi.
Bahs 14 ta klassik partiyadan iborat böladi. Oxirgi partiya 11 dekabrga belgilangan. Agar ğolib aniqlanmasa, 12 dekabr kuni tay-breyk öyinlari ötkaziladi.




