23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Asabni asraş sanʼati: jahlni bir yarim daqiqada qanday «öçiriş» mumkin?

Maslahatlar 22.11.2026 09:36 0Xabar
Asabni asraş sanʼati:  jahlni bir yarim daqiqada qanday «öçiriş» mumkin?

Hayotimiz mobaynida eng kamida bir marta jahl ustida aytilgan söz uçun yillab afsuslanganmiz. Qiziği şundaki, aççiğimiz çiqqan paytda miyamizning aqlli qismi vaqtinça «dam oliş»ga çiqib ketadi. Şuning uçun öşa lahzada eng vazmin odam ham yoş boladek baqirişi yoki qölidagi telefonini sindirib qöyişi mumkin. Xöş, bu holatni boşqariş mumkinmi? Mumkin! Buning uçun asablarni temirdan qiliş şart emas, şunçaki miyani çalğitadigan 11 ta oddiy va sinalgan «ayyorlik»ni bilib olib qöllasangiz kifoya...

Bir yarim daqiqa mo‘jizasi

Olimlar qiziq bir holatni aniqlaşgan: odam jahli çiqqanida qonga kuçli ğazab moddalari otilib çiqadi. Ammo ularning tanadan töliq çiqib ketişi uçun bor-yöği 90 soniya (bir yarim daqiqa) vaqt ketar ekan.

Yaʼni, jahlning haqiqiy umri bir yarim daqiqa, xolos! Agar siz şu 90 soniya içida tişingizni tişingizga qöyib, heç nima demay tursangiz, tanangiz öz-özidan soviydi. Agar beş daqiqadan keyin ham baqirişda davom etayotgan bölsangiz, demak, siz öşa voqeani miyangizda qayta-qayta aylantirib, özingizga-özingiz olov yoqyapsiz.

Miya va qöllar

Agar tez-tez jahlingiz çiqadigan bölsa, bugundan boşlab oddiy işlarni – çoy aralaştiriş, tiş yuviş yoki eşik oçişni çap qölingiz bilan qilib köring (çapaqay bölsangiz – öng qöl bilan).

Inson odatlanmagan qölini işlatganida, miya bor eʼtiborini şu harakatga qaratadi va undagi «özini töxtatiş» tugmasi kuçayadi. Ikki haftadan söng arzimas narsalarga asabiylaşmay qöyganingizni özingiz sezasiz.

«Boşqa bahona»lar

Bizni birovning qilgan işi emas, balki özimiz öylab topgan gumonlar köproq asabiylaştiradi. Masalan, tirband yölda birov maşinangiz oldini kesib ötdi. Miya darrov hukm çiqaradi: «U meni mensimadi, ataylab şunday qildi!» – va qon bosimingiz oşib ketadi.

Endi xayolingizdagi voqeani özgartiring: «Balki bu odamning uyida oğir kasal bordir va u dorixonaga şoşayotgandir». Vaziyat özgarmadi, lekin sizning asabingiz joyida qoldi. Birov sizni xafa qilganda ham xuddi şunday yöl tuting – ehtimol, uning özi bugun juda oğir kunni boşdan keçirayotgandir.

Nafas va «ötirib oliş» qoidasi

Jahl böğzingizga kelib qolganda, gapirişdan oldin şu işni qiling: burun orqali çuqur nafas oling, töxtamasdan yana bir kiçik nafas yuting va oğiz orqali juda sekin havo çiqaring. Ikki-uç marta şunday qilsangiz, yurak urişi bir zumda tinçlanadi.

Şuningdek, ota-bobolarimiz qöllagan eng zör usul: tik turgan bölsangiz – ötiring, ötirgan bölsangiz – yoting. Tana holati pasaygani sari insondagi janjalkaşlik istagi ham sönadi.

Yana bir sehrli qoida

Uyda yoki işda janjal çiqmasligi uçun bitta sehrli qoida bor: gapni heç qaçon «sen...» deb boşlamang. «Sen doim keçikasan, beparvosan!» desangiz, qarşingizdagi odam darrov özini oqlab, sizga qarşi hujumga ötadi. Buning örniga: «Keçikkaningda men xavotir olaman va rejalarim buzilganidan siqilaman» deng. Bu yerda ayblov yöq, faqat sizning könglingizdagi gap bor. Bunday gapdan keyin heç kim siz bilan urişa olmaydi.

Qorin oçligida...

Baʼzan arzimas narsaga – tökilib ketgan çoyga yoki sekin işlayotgan internetga ham qattiq baqirib yuboramiz. Bunday paytda özingizdan sörang: «Mening qornim oç emasmi? Uyquga töyganmanmi? Rosa çarçamadimmi?»

Odam qorni oçganida yoki uyqusiz qolganida miyaning sabr-toqat zaxirasi tugaydi. Şuning uçun oilaviy muammolarni heç qaçon oç qoringa yoki işdan çarçab kelgan paytda muhokama qilmang. Avval ovqatlanib, bir oz dam oling – qarabsizki, muammoning yarmi öz-özidan yöqoladi.

Siz va kuzatuv kamerasi

Jahlimiz çiqqanda butun diqqat-eʼtiborimiz faqat muammoga qadalib qoladi. Bunday paytda xayolan xonaning şiftiga (yoki beşinçi qavat balkoniga) çiqib, özingizga va qarşingizdagi odamga çetdan nazar soling.

Tasavvur qiling, mazkur holatni kimdir kameraga olib, keyin sizga körsatyapti. Qizarib ketgan yuz, baland ovoz va qöl siltaşlar çetdan qançalik kulgili va xunuk körinadi-ya? Bu usul miyani bir zumda «uyğotadi» va özingizni qölga olişga majbur qiladi.

Töxtang va savol bering

Arzimas narsaga asabiylaşayotganingizni sezsangiz, töxtang va özingizga bitta savol bering: «Mana şu voqea 5 yildan keyin men uçun biror ahamiyatga ega böladimi?»

Eslab köring, bundan 5 yil oldin sizni qattiq asabiylaştirgan biror voqeani hozir eslay olasizmi? Deyarli yöq! Bugungi tirbandlik, kimningdir qöpol gapi yoki sinib qolgan idiş 5 yildan keyin umuman unutilib ketadi. Şunday ekan, ertaga esdan çiqadigan narsa uçun bugun soğliğingizni yöqotişga arziydimi?

Bir zumda...

Kuçli ğazab paytida tanada juda köp quvvat töplanadi – şuning uçun odam nimanidir urgisi yoki sindirgisi keladi. Bu energiyani zararsiz yöl bilan çiqarib yuboriş kerak.

Yuzingizni muzdek suvda yuving yoki qöllaringizni sovuq suv ostiga tuting. Bu miyaga «xavf ötdi, tinçlan» degan signal yuboradi. Agar siz uyda yoki ofisda bölsangiz, şunçaki keraksiz qoğozni ğijimlab taşlang, yumşoq töpçani qattiq siqing yoki tez-tez yurib keling. Jismoniy harakat tanadagi asab zöriqişini bir zumda eritib yuboradi.

Hisob-kitob yordami

Odatda «10 gaça sanang» deyişadi, lekin jahl ustida odam «1, 2, 3... 10!» deb bir soniyada sanab böladi-da, yana baqirişda davom etadi. Buning örniga 100 dan orqaga qarab 7 tadan ayirib sanang (100, 93, 86, 79, 72...).

Bu yerda miya matematik hisob-kitob qilişga majbur böladi. Inson bir vaqtning özida ham misol yeçib, ham jahl qila olmaydi – ğazab öz-özidan öçib qoladi.

«Tanaffus qilaman» deyişni örganing

Agar suhbat janjalga aylanib ketayotganini sezsangiz va özingizni bosa olmayotgan bölsangiz, eşikni qarsillatib yopib çiqib ketmang. Buning örniga xotirjam ohangda: «Hozir ikkalamiz ham qizişib ketdik, bekorçi gap aytib qöymaslik uçun 15 daqiqa tanaffus qilaylik, keyin gaplaşamiz», deng.

Bu qoçiş emas, balki kuçli va aqlli insonning qaroridir. 15 daqiqadan söng hissiyotlar soviydi va muammoni baqir-çaqirsiz hal qiliş ança osonlaşadi.

Xullas, kimdir sizning jahlingizni çiqara oldimi, demak, öşa daqiqada u kayfiyatingiz va soğliğingiz xöjayiniga aylandi. Asabingiz tizginini boşqalarning qöliga berib qöymang. Keyingi safar birov jahlingizni çiqarmoqçi bölsa, şunçaki jilmaying va içingizda 90 soniya sanang – ğolib albatta siz bölasiz.

Samira Nasimova