23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Jahon toji sari ilk yurish! Javohir Sindarov oq donalarda Gukeshga qarshi maydonga tushadi

Sport 23.11.2026 07:59 0Zamin
Jahon toji sari ilk yurish! Javohir Sindarov oq donalarda Gukeshga qarshi maydonga tushadi

24 noyabr kuni shaxmat olamidagi eng katta voqealardan biri — jahon chempionligi uchun hal qiluvchi bahs boshlanadi!

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju bilan shaxmat taxtasi qarshisida kuch sinashadi.

Birinchi partiyada Javohir Sindarov oq donalarda o‘ynaydi. Demak, bahsni birinchi yurish bilan aynan yurtdoshimiz boshlab beradi.

Bu tarixiy uchrashuvning yana bir o‘ziga xos jihati bor: har ikki shaxmatchi ham 20 yoshda. Shu bois mazkur bahs jahon chempionligi tarixidagi eng yosh to‘qnashuvlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

140 yillik jahon chempionati tarixida O‘zbekistondan ilk bor jahon tojini qo‘lga kiritgan shaxmatchi yetishib chiqishi mumkin!

Sizningcha, kim g‘olib bo‘ladi — Javohir Sindarovmi yoki Gukesh?

Izohlarda o‘z taxminingizni yozib qoldiring va yurtdoshimizga omad tilang!

Jahon toji uchun kurashga sanoqli soatlar qoldi!

O‘xshash yangiliklar