Javohir Sindorov va Gukesh: ikkinchi partiyada ham durang qayd etildi

Gukesh 2024 yil dekabr oyida Singapurda qo‘lga kiritgan jahon chempionligi unvonini ilk bor himoya qilmoqda. O‘shanda u xitoylik Din Lijenni 7,5:6,5 hisobida mag‘lub etgan. Hal qiluvchi 14-partiyada g‘alaba qozongan hindistonlik shaxmatchi 18 yoshida tarixdagi eng yosh mutlaq jahon chempioniga aylangan. Shu tariqa, u Garri Kasparovning 22 yoshida chempion bo‘lish bilan bog‘liq rekordini yangilagan.
Biroq bu safar Gukeshni jiddiy raqib kutib turibdi. Noyabr oyidagi Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) reytingida hindistonlik grossmeyster 2710 ochko bilan 26-o‘rinda qayd etilgan. Javohir Sindarov esa 2782 ochko bilan dunyoning to‘rtinchi raqamli shaxmatchisi bo‘lib turibdi. Reytingdagi farq 72 ochkoni tashkil etadi.
Uchinchi partiya 26 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Javohir Sindarov oq donalarda o‘ynaydi. Chempionlik bahsi 14 tagacha klassik partiyadan iborat bo‘lib, g‘olibni aniqlash uchun shaxmatchilardan biri 7,5 ochko to‘plashi kerak. Agar asosiy bahs yakunida hisob teng bo‘lsa, chempion nomi tay-breykda aniqlanadi.



