Abdumalik Nazirov energetika vazirining birinchi oʻrinbosari bo‘ldi | Daryo

Prezidentning tegishli qarori bilan Abdumalik Nazirov Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda 23-noyabr kuni Energetika vazirligi xabar berdi.
Tayinlovga qadar Abdumalik Nazirov 2025-yil 28-noyabridan buyon “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Undan avval qadar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida 2026-yilning 24-iyunidan buyon Umid Mamadaminov ishlab kelayotgandi. U 23-noyabr kuni Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.



