23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Iordaniyaga bordi | Daryo

O'zbekiston 23.11.2026 21:47 2Daryo
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Iordaniyaga bordi | Daryo

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Iordaniyaga bordi.

Mamlakat havo hududida davlat rahbarining samolyotiga Podshohlik Harbiy-havo kuchlarining qiruvchi uchoqlari hamrohlik qildi.

Malika Aliya nomidagi xalqaro aeroportda prezident va uning rafiqasini Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn va Malikasi Raniya al-Abdulla, shahzoda G‘oziy ibn Muhammad va rafiqasi kutib oldi.

Oliy martabali mehmonlar sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Yetakchilar rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladi va faxriy qorovul safi oldidan oʻtdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 24-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.

O‘xshash yangiliklar