Alifbo o‘zgarishi sabab qo‘ldagi naqd pulni ham almashtirish kerakmi? | Daryo

Qayd etilishicha, ular bilan bemalol xarid qilish yoki toʻlovlarni amalga oshirish mumkin. Kelajakda yangilangan alifbo asosida banknotlar chiqarilsa, ular ham hozirgi pullar bilan bir xil muomalada boʻladi.
Agar yangi banknotlar chiqariladigan boʻlsa, Markaziy bank bu haqda kamida bir hafta oldin rasmiy axborot beradi.
Adliya vazirligi 17-noyabr kuni banklarda naqd pul muomalasini tashkil etish bo‘yicha yangi yo‘riqnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Yoʻriqnomaga koʻra, pul belgilarining dizaynida Oʻzbekiston tarixi, milliy madaniyati, qadriyatlari, buyuk allomalar va mamlakatimiz yutuqlarini aks ettiruvchi tasvirlardan foydalaniladi. Pul belgilaridagi barcha yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida yoziladi.
Naqd pulga boʻlgan ehtiyoj oldindan rejalashtiriladi. Banklar har oyda naqd pul kirimi va chiqimi boʻyicha prognoz tayyorlab, uni oy boshlanishidan kamida 3 bank ish kuni oldin elektron shaklda taqdim etadi.



