23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Energetika vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi | Daryo

O'zbekiston 23.11.2026 11:20 0Daryo
Energetika vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi | Daryo

Prezidentning tegishli qarori bilan Otabek Amanov energetika vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda 23-noyabr kuni vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Otabek Amanov Atom energiyasi agentligining AES qurilishi direksiyasi direktori oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shu kuni Abdumalik Nazirov Umid Mamadaminov o‘rniga Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Umid Mamadaminov Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar