27.11.2026, Juma+8.6°CToshkentUSD11 987.89EUR13 114.75RUB145.41
+8.6°CToshkent$11 987.89 27.11.2026

Erling Holand qaysi jamoaga o‘tadi? | Daryo

Sport 27.11.2026 00:55 1Daryo
Erling Holand qaysi jamoaga o‘tadi? | Daryo

“Manchester Yunayted” va Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Gari Nevill “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand yaqin kelajakda Madridning “Real” klubiga o‘tishiga ishonch bildirdi.

Nevillning fikricha, madridliklar norvegiyalik hujumchini transfer qilish uchun braziliyalik vinger Vinisius Junior bilan ham xayrlashishi mumkin.

“Menimcha, Erling Holand ko‘pi bilan 18 oy ichida ‘Real’ futbolchisiga aylanadi. Ehtimol, bu transfer joriy mavsum yakunidayoq amalga oshishi mumkin. Vinisius ‘Real’ni tark etishini, Kilian Mbappe chap qanotga o‘tishini, Holand esa jamoaning markaziy hujumchisiga aylanishini istisno qilmayman”, deydi Nevill.

26 yoshli norvegiyalik futbolchi 2022-yil yozidan buyon “Manchester Siti” safida to‘p surmoqda. U Dortmundning “Borussiya” klubidan 60 million yevro evaziga transfer qilingan edi. 2025-yil yanvar oyida Holand Angliya klubi bilan shartnomasini rekord darajadagi kelishuv asosida 2034-yil yozigacha uzaytirgan.

Hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi.

Vinisius Junior esa 2026-yil avgust oyida “Real” bilan shartnomasini 2032-yil 30-iyuniga qadar uzaytirgan edi.

O‘xshash yangiliklar