Javohir Sindorov va Gukesh Dommaraju o‘rtasida uchinchi partiya ham durang bilan tugadi | Daryo

Shveysariyaning Jeneva shahrida shaxmat toji uchun FIDE Jahon chempionati bahslari davom etmoqda. O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov hamda amaldagi Jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju o‘rtasidagi uchinchi partiyada ham tomonlar murosaga keldi.
26-noyabr kuni o‘tkazilgan bahsda Gukesh qora, Sindorov esa oq donalarda harakat qildi. 60-yurishiga kelib vaziyat uch marta takrorlangani sababli bahs durang bilan yakunlandi. Shu tariqa, ikki partiyadan so‘ng matchdagi umumiy hisob 1,5:1,5 ko‘rinishiga keldi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning avvalgi ikkita partiyasida ham grossmeysterlar durangga imzo chekkan edi. To‘rtinchi partiya 28-noyabr, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi.
Ma’lumot uchun, Jahon chempionligi uchun bellashuvlar 14 ta partiyadan iborat bo‘lib, 12-dekabrga qadar davom etadi. Birinchi bo‘lib 7,5 ochko jamg‘argan shaxmatchi chempionlik tojini qo‘lga kiritadi. Agar asosiy partiyalarda durang natija qayd etilsa, g‘olib tay-brekda aniqlanadi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 2,5 million dollarni tashkil etadi.



