23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Farg‘onada 26 tup daraxt noqonuniy kesilib, tabiatga 810 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazildi | Daryo

O'zbekiston 23.11.2026 20:13 0Daryo
Farg‘onada 26 tup daraxt noqonuniy kesilib, tabiatga 810 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazildi | Daryo

Farg‘ona shahrida xususiy korxona tomonidan 26 tup Eldor qarag‘ayi ruxsatsiz kesilgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.

O‘tkazilgan reyd davomida shaharning “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “A.S.” xususiy korxonasi 26 tup Eldor qarag‘ayini ruxsatsiz kesgani aniqlangan.

Holat yuzasidan o‘lchov ishlari olib borilib, o‘simlik dunyosiga 810,48 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgani hisoblangan.

Shuningdek, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 56-moddasiga asosan, 4 mlrd 52,4 mln so‘m moliyaviy sanksiya qo‘llanilgan.

Huquqbuzarlik yuzasidan to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli choralar ko‘rish maqsadida viloyat prokuraturasiga yuborilgan.

Avvalroq Qashqadaryoda yo‘l ochish bahonasida 33 tup daraxt va uch mingga yaqin buta qo‘porib tashlangani haqida xabar berilgandi.

O‘xshash yangiliklar