Germaniya kansleri aholini davlat xarajatlari qisqarishidan ogohlantirdi | Daryo

Uning aytishicha, kelajakda soliq tushumlari davlatning odatiy xarajatlarini to‘liq qoplash uchun yetarli bo‘lmaydi. Aks holda, kelajak avlodlarning mustaqil qaror qabul qilish va o‘z rejalarini amalga oshirish uchun moliyaviy imkoniyatlari cheklanadi. Mers Germaniya bu cheklovlar zarur ekanini tan olishi va kelajakdagi ustuvor maqsadlarini belgilab olishi kerakligini qo‘shimcha qildi.
Muhokama davomida kansler byudjet loyihasini tanqid qilgan “Germaniya uchun muqobil” partiyasiga ham javob berdi. Uning aytishicha, partiya Rossiya prezidenti Vladimir Putinning maqsadi faqat Ukraina bilan cheklanmasligini tushunmayapti.



