25.11.2026, Chorshanba+10.8°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+10.8°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

Rossiya faqat Ukraina bilan çeklanmoqçi emas - Mers

Jahon 25.11.2026 22:39 0Kun.uz
Rossiya faqat Ukraina bilan çeklanmoqçi emas - Mers

Germaniya kansleri Fridrix Mersning işonçi komilki, Rossiyaning xohiş va niyatlari Ukraina doirasidan ança taşqariga çiqadi. Çunki rossiyaliklar allaqaçon Boltiqböyi mintaqasida vaziyatni keskinlaştirişga ötgan va hatto Germaniya hududidagi holatga ham taʼsir körsatişga urinmoqda. Bu haqda Mers Bundestagdagi nutqida maʼlum qildi, deb xabar berdi The Guardian.

Byudjetga bağişlangan nutqida Mers Germaniya mudofaa, infratuzilma, demografik özgarişlar va iqtisodiyot sohasidagi «fundamental masalalarni juda uzoq vaqt eʼtiborsiz qoldirib kelayotganini» aytdi. Şu bois, uning işonçi komilki, endi, ayniqsa mudofaa sohasida, zudlik bilan tegişli qarorlarni qabul qiliş zarur.

Xususan, Rossiya tomonidan bölayotgan tahdidni inobatga olgan holda, mudofaa böyiça qarorlar qabul qiliş taqozo etiladi.

«Rossiya nima xohlayotganini aniq biladi va u birgina Ukraina bilan çeklanmoqçi emas. Buni anglab yetolmagan har qanday odam yo dunyo qanday tuzilganini tuşunmaydi, yoki öz mamlakatimizning erkinligi, oçiqligi va liberal qadriyatlariga zid bölgan butunlay boşqa kun tartibini ilgari suradi», – deb taʼkidladi Mers.

Şuningdek, Germaniya kansleri Rossiya Boltiqböyi mintaqasida, Polşa va Boltiq dengizida, hatto koinotda ham keskinlikni kuçaytirayotganidan ogohlantirdi.

«U keng kölamda – jumladan, öz çegaralarimiz doirasida, hatto insonlar hayoti evaziga bölsa ham vaziyatni keskinlaştirişga qöl urmoqda. Ahvol şu darajada, xonimlar va janoblar. Aynan şuning uçun biz, yevropaliklar sifatida, Rossiyaga aniq çegaralarni belgilab berişimiz şart va şunday qilamiz ham», – dedi Mers.

O‘xshash yangiliklar