Jensen Huang Nvidia’ga Trampning yordami bilan qaytganini rad etdi | Daryo

U har kuni 90 daqiqalik terapiya mashg‘ulotlarida qatnashayotganini aytdi. Huang kompaniyaning ichki qoidalarini buzib, noto‘g‘ri qilganini, vaholanki, bu qoidalarni ishlab chiqishda o‘zi ham qatnashganini ta’kidladi.
Xodimlar bilan suhbatda Huang kompaniyaga qaytishida yashirin kelishuvlar bo‘lgani va AQSH prezidenti Donald Tramp Nvidia direktorlar kengashiga bosim o‘tkazgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Uning aytishicha, bu gaplar “mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, uning Nvidia’ga qaytarilgani esa qonun va kompaniya qoidalarini chetlab o‘tish huquqini bermaydi.
Huangning so‘zlariga ko‘ra, direktorlar kengashi vaziyatni har tomonlama o‘rganib, faktlarni to‘plagan. Bundan tashqari, Tramp ma’muriyati Huang tomonidan AQSH milliy xavfsizligiga hech qanday tahdid yo‘qligi haqida kompaniyaga axborot bergan.
Nvidia rahbari The New York Times’ning kompaniyadagi boshqaruv uslubiga bag‘ishlangan maqolasiga ham munosabat bildirdi. Maqolada qayd etilishicha, Huangning o‘zi bu uslubni “kamsitish orqali buyuklikka erishish yo‘li” deb ta’riflagan. Gazeta yozishicha, Huang ko‘p yillar davomida xodimlarni haqorat qilgan, ularning shaxsiyatiga tekkan va keskin, tajovuzkor gaplar aytgan.



