«Dahşatli xatolarga yöl qöydim». Jensen Huang xodimlaridan uzr söradi

Nvidia boş direktori Jensen Huang axloq kodeksini buzgani uçun kompaniya xodimlaridan uzr söradi. The New York Times naşri yozişiça, u bu haqda kompaniyaga qaytişidan keyin xodimlar bilan ötkazilgan ilk uçraşuvda aytib ötgan.
«Men bir qança dahşatli xatolarga yöl qöydim. Men [rafiqam] Loriga xiyonat qildim, öz farzandlarimga va barçangizga jabr yetkazdim», – degan Huang. U har kuni 90 daqiqalik terapiya seanslariga qatnayotganini aytib ötgan. Huang kompaniyaning işlab çiqilişida özi ham iştirok etgan axloq kodeksini buzganini «yöl qöyib bölmaydigan holat» deb taʼkidlagan.
Xodimlar bilan suhbatda u özining qaytişi parda ortidagi kelişuvlar va AQŞ prezidenti Donald Trampning Nvidia direktorlar kengaşiga ötkazgan bosimi bilan boğliqligi haqidagi taxminni ham rad etgan. Huang bu «mutlaqo haqiqatga töğri kelmasligi»ni taʼkidlagan.
U Nvidia’ga qaytişini «qonundan ustunligi» va «axloq kodeksidan ustunligi» belgisi deb hisoblamaydi. Huang Nvidia direktorlar kengaşi «vaziyatni atrofliça baholagani» va «dalillar töplagani»ni qayd etgan. Bundan taşqari, kompaniya Tramp maʼmuriyatidan Huang milliy xavfsizlikka tahdid solmasligi haqida kafolat olgan.
Huang The New York Times naşrining uning kompaniyadagi boşqaruv uslubiga bağişlangan maqolasi yuzasidan ham munosabat bildirgan (bu uslubni uning özi «tahqirlaşlar orqali buyuklikka erişiş yöli» deb taʼriflagan). Gazeta maʼlumotlariga köra, Huang köp yillar mobaynida xodimlarni haqoratlab kelgan, şaxsiyatga ötgan, keskin va tajovuzkor sözlar işlatişdan tiyilmagan.
«Men haddimdan oşib ketgan bölişim mumkin. Haddimdan oşganimda, bu odamlarni ranjitadi, ularni kamsitadi, öziga bölgan işonçidan mahrum qiladi. Va bu notöğri edi», – deydi Nvidia rahbari. Uning sözlariga köra, endi kompaniyaning kadrlar bölimi uning işi yuzasidan fikr-mulohazalarni yiğadi va har oy direktorlar kengaşiga taqdim etib boradi.
2026-yil kuzida Huang Megaspeed kompaniyasi xodimi, Xitoy fuqarosi Elis Huang (ular şunçaki familiyadoş) bilan işqiy munosabatlar örnatgani haqida xabar tarqatdi, Amerika maxsus xizmatlari esa uşbu ayolni Xitoy foydasiga josuslik qilişda gumonlagandi. Keyinroq Jensen Huangning Nvidia vitse-prezidenti Kimberli Pauell, şuningdek, kompaniyaning yana bir xodimi bilan ham sevgi romanlari borligi maʼlum qilindi.
11-noyabr kuni Nvidia direktorlar kengaşi Jensen Huang prezident, boş direktor va kompaniya direktorlar kengaşi aʼzosi lavozimlaridan çetlatilganini maʼlum qildi, ammo 23-noyabrga kelib u barça lavozimlariga tiklandi.



