Kolumbiyadagi supermarketda qurolli shaxslar 25 kishini garovga oldi. Voqea joyiga prezident keldi | Daryo

Reuters agentligi e’lon qilgan suratlarda La-Kastelyana tumanidagi Exito supermarketi tashqarisida og‘ir qurollangan politsiya va harbiylar turganini ko‘rish mumkin.
Qo‘llari bog‘langan holda tiz cho‘kkan odamlar
Ijtimoiy tarmoqlarda voqea joyidan olingani aytilayotgan tasdiqlanmagan videolar tarqaldi. Kadrlarda do‘kon ichidagi odamlar deraza oldida qo‘llari bog‘langan holda tiz cho‘kib o‘tirgani aks etgan.
Mazkur hodisa jinoyatchilikka qarshi keskin kurashish va’dasi bilan hokimiyatga kelgan de la Espriela uchun jiddiy sinov bo‘ldi. So‘nggi paytlarda mamlakatda yuz berayotgan shov-shuvli voqealar Kolumbiyada zo‘ravonlik va beqarorlik muammolari hamon saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.
Siyosiy ayblovlar
Voqeaga mamlakatning sobiq prezidenti, so‘l qanot vakili Gustavo Petro ham munosabat bildirdi. U amaldagi prezidentning xavfsizlik siyosatini muvaffaqiyatsizlikda aybladi.



